Nyu-York ştati ma'muriyati 2014 yil iyulida yopilgan turmani sotuvga qöydi. Şatogay qamoqxona majmuasi 9 ming kvadrat metr maydonda joylaşgan 30 ta inşootdan iborat bölib, uning auksiondagi dastlabki bahosi 100 ming dollar qilib belgilangan. Bu haqda NY Post naşri ma'lum qildi.   

Lotga 1990 yilda qurilgan zamonaviy binolar ham kiritilgan. Ular orasida ma'muriy va tibbiy majmualar, sobiq mahbuslar yotoqxonasi, ovqatlaniş zali, oşxona, garajlar va köplab inşootlar bor.

Turma ştat gubernatori Endryu Kuomoning bir neçta axloq-tuzatiş muassasalarini yopiş va mahbuslar sonini qisqartirişga qaratilgan rejasi doirasida öz faoliyatini töxtatgan. Majmua Kanada çegarasiga yaqin joyda – Kvebekdan 10 km uzoqlikda joylaşgan va şu sababli ştat ma'muriyati uni Kanada kompaniyalari orasida strategik hududdagi joy sifatida ham reklama qilmoqda. Ta'kidlanişiça, auksion 24 iyulda bölib ötadi.