Bolalar va ösmirlar adabiyotini naşr etiş tizimini yanada takomillaştiriş va davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar bergan.
Qarorga muvofiq ikki oylik muddatda 2018-2022 yillarda bolalar va ösmirlar adabiyotini naşr etiş tizimini yanada takomillaştiriş va davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş böyiça quyidagilarni nazarda tutuvçi çora-tadbirlar rejasi işlab çiqiladi:
bolalar va ösmirlar uçun möljallangan kitoblarni naşr qilişga ixtisoslaştirilgan naşriyotlarni aniqlaş mezonlarini işlab çiqiş, ularni qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş;
bolalar va ösmirlar dunyoqaraşini kengaytiriş, ularni ertangi kunning çinakam qahramonlari sifatida tarbiyalaşga qaratilgan asarlar yaratilişini rağbatlantirib boriş;
yaratilayotgan yangi asarlarni maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta'lim muassasalarida keng tarğib qiliş maqsadida uşbu asarlar mualliflari iştirokida muntazam ijodiy uçraşuvlar taşkil etiş;
bolalar va ösmirlar mavzusida ijod qilayotgan adiblarga “Ijod” jamoat fondi mablağlari hisobidan aniq ijtimoiy buyurtmalar beriş tizimini takomillaştiriş;
bolalar va ösmirlar mavzusida ijod qiladigan yoş adib va şoirlarni tarbiyalaş, ularning ijod namunalarini çop etib boriş.
Xalq ta'limi vazirligiga:
• umumta'lim maktablari hamda maktabgaça ta'lim muassasalari uçun bolalar va ösmirlarga möljallangan kitoblarni naşr etiş kvotalari öquvçilar (tarbiyalanuvçilar) soni va ehtiyojidan kelib çiqqan holda belgilaş;
• kvotalar asosida bolalar dunyoqaraşini kengaytirişga, ularning ma'naviy, intellektual olamini boyitişga qaratilgan, bolalar psixologiyasiga mos adabiyotlarning bosqiçma-bosqiç çop etilişini ta'minlaş topşirildi.
2018-2019 öquv yilidan boşlab bolalar va ösmirlar öqişi zarur bölgan adabiyotlar röyxati şakllantiriladi.
Matbuot va axborot agentligi, “Şarq” naşriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasiga bolalar va ösmirlar uçun möljallangan adabiyotlarni arzon narxlarda çop etiş çoralarini köriş yuklandi.
Şuningdek, kitob savdosi bilan şuğullanuvçi taşkilotlar tomonidan hududlarga kitoblarni yetkaziş bilan boğliq xarajatlarni hisob-kitob qilişda bolalar va ösmirlarga möljallangan kitoblar narxining asossiz ravişda oşib ketişiga yöl qöymaslik böyiça zaruriy çoralar köriladi.












