UYeFA axloq qömitasi «Atletiko» boş murabbiyi Diyego Simeoneni 4ta öyinga diskvalifikatsiya qildi va 10 ming yevro miqdoridagi jarimaga tortdi.

Uşbu argentinalik mutaxassis Yevropa Ligasi yarimfinalida «Arsenal»ga qarşi keçgan birinçi öyinning 10-daqiqasida öz jamoasi himoyaçi Şime Vrsalko maydondan çetlatişidan darğazab bölib, qattiq norozilik bildirgan edi. Şundan söng hakam uni ham tribunaga ravona qilgandi. Öyinning bayonnomasiga esa murabbiyning hakamni haqorat qilgani va özini nomunosib tutgani haqidagi yozuv kiritilgan edi. 

U javob öyinini ham tribunadan kuzatdi va jazoning bir qismini ötadi. Endi Simeone 16 may kuni Yevropa Ligasi finalida «Marsel»ga qarşi öyinda va keyingi mavsumda Çempionlar ligasining ilk uçraşuvlarida jamoasini maydon olib tuşolmaydi.