Litvada Gruziyaning rasmiy nomi “Sakartvelo”ga aylandi. Bu haqda Litva taşqi işlar vaziri Linas Linkyaviçus tvitterda ma'lum qildi. 

“Uşbu qaror Gruziya mustaqilligining 100 yilligi arafasida qabul qilindi. Ayni vaqtdan Gruziya Sakartvelo deb ataladi”, deb yozgan Linkeviçus.

“Tarixiy qaror bilan tabriklayman! Yaşasin Litva-Gruziya döstligi!”, deb qöşimça qilgan Linkeviçus gruzin tilida.

Ma'lum qilinişiça, ayni vaqtgaça Litvada Gruziya “Gruzija” deb yozib kelingan. Sakartvelo gruzinçadan “kartvellar davlati” deb tarjima qilinadi. Kartvellar Gruziyaning asosiy tub aholisini taşkil etuvçi xalq hisoblanadi.