Oxirgi paytlarda internet sahifalarini kuzatişdan, unda beriladigan jinoyatlar haqida öqişdan, odamlarning bir-biri bilan tortişib, şaxsiyatiga loy çaplaşidan çarçadim.
Uzoq ötmişni bilmadim-u, ammo mustaqillik davrida - bundan bor-yöği 5-6 yillar muqaddam oilaviy nizo, qotillik yoki talonçilik haqidagi xabarlar onda-sonda quloqqa çalinardi. Zamonning zaylini qarangki, bugungi kunda taşlandiq çaqaloq, bolafuruş ona, padarkuş farzand yoxud...Bu jumlalarni öqib, etingiz junjikadi, hayratdan yoqa uşlaysiz. Qaçon bunçalar vahşiylaşişga ulgurdik ekan, özi bizga nima yetişmayapti, deb öylanib qolasan kişi.
Bugun dunyo bozorida hamma narsa, hatto, mehr ham sotiladi. Töğri, unday mehrda samimiyat bölmasa-da, uning ham bozori bor. Ba'zan munkayib, belidan quvvat, tanidan soğliq arigan va bir neça farzandni östirgan ota yoki otani ulardan birortasi, ha loaqal birortasi parvariş qilolmaydi. Xotirjamligini öylagan holda bir insonni qarovçilikka yollaydi. U ota-onaning atrofida girdikapalak bölsa-da, ammo uning biror harakatida samimiyat sezilmaydi, mehrlar ham şunçaki yuzaki. Ammo onaning mehri hamişa haqqoniy, uni heç narsaga tenglaştirib bölmaydi. Har holda biz şu kungaça şunday deb hisoblaganmiz...Ammo, oramizda bemehr, farzandining qadrini pul bilan ölçaydigan, töqqiz oy vujudida saqlagan jonni buyumdek sotadiganlar ham bor.
Foto: Davlat bojxona qömitasi
Şu yil fevralining ayni izğirin kunida Özbekiston Bojxona qömitasining Andijondagi postlaridan birida 23 kunlik çaqaloq oldi-sotdisi amalga oşirilayotganligi haqida aniqlandi. Marhamatlik ayol öz onasi (ya'ni çaqaloqning buvisi bilan birga) Buloqboşi tumanida istiqomat qilayotgan ayolga öz farzandini salkam 5000 dollarga (4.500 AQŞ dollari va 4 mln. söm olingan) sotayotganda daliliy aşyolar bilan birga qölga olingan. Eng yomoni savdo pişguniça, bolakay sovuqda onasi bilan ança tentiragan, mitti qöllari sovqotib, yuzlari qizargan. Nahotki, u boşqa bolalar singari sovuqni issiqqina uyda, onasining mehr tafti ila qarşilaşga haqli emasdi. Uning qadri bir siqim dollarga tengmidi?
Ha, bu bir misol-da. Oramizda şunday insonlar ham uçrab turadi, dersiz. Şukrki, yurtimizda bunday insonlar kam, ammo yöq deyolmaymiz.
Yaqinda telegramdagi kanallarning biridan bir videoni yuklab oldim. Maqolani yoziş asnosida tasvirdagi voqealar köz oldimda gavdalandi.
Daryoda kiyik bolasi suzib bormoqda, onasi xavfni sezib, katta tezlikda uning ortidan suzdi. Kutilmaganda tasvirda timsoh paydo böldi. Ona harakatdan töxtadi, yirtqiçning yölini tösiş, bolasining qirğoqqa yetib olişi uçun özini qurbon qildi. U ona ekanligini isbotlay oldi.
Mavzuga oid
Xöş, nega ba'zi onalar hayvonçalik ham iş tutişmayapti. Yengil-yelpi hayotining «meva»si bölgan farzandini pullab, qançalar vahşiylikka qöl urayotgani haqida öylab körmayapti?
Afsuski, farzandfuruşlarning jinoyati öz öğlini ortiqça yuk deb bilib, köçada böğib öldirgan onaning oldida-ku, holva bölib qoldi! Qölini öz jigarbandining qoni bilan böyagan Saidaxon Tillavoldiyevaning tergov jarayonidagi fikrlarini OAV orqali öqib hayratlandim. «Baribir u köça-kuyda xor bölib ölib ketardi», degan gapdan qanday ma'noni uqiş mumkin?Biz qanday davlatda yaşayapmizki, odamlar oçlikdan,yalanğoçlikdan ölib ketayotgan bölsa? Qimirlagan insonning qozoni qaynayapti, davlat ham ijtimoiy yordamga muhtoj insonlarga beparvo bölayotgani yöq.
Eh, qanday zamonlar keldi-ya! Ilgari otaga tik qaraş, onaga qattiq gapirişga botinolmaydigan xalqning diydasi bunçalar qotib borayapti? Abdulatif singari padarkuşlar safi ortyapti?
23 aprel kuni Özbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati Toşkent viloyati Çinoz tumanida röy bergan noqobil farzand M. Namoyevning jinoyati töğrisida ma'lumot berdi. Xabarga köra, 22 yoşli öğil oilaviy kelişmovçilik natijasida 59 yoşli otasi V.Namoyevning boşiga bolğa bilan urib, jiddiy tan jarohati yetkazgan.
Yaşin tezligida tarqalayotgan va keti uzilmayotgan bu kabi xabarlarni eşitib, öqib qörquvga tuşasiz. Beixtiyor xayolingizga siz ham farzand ekanligingiz, bir vaqtning özida yana farzand tarbiyalayotganingiz yodingizga tuşadi.
Bunday jirkanç, vahşiyona voqealar faqat oila a'zolari bilan boğliq emas. Mahalladoş, taniş-biliş, hamkasb ,hatto, bir-biriga begona insonlar örtasida ham qotillik va zöravonlik bilan boğliq holatlar yuz bermoqda.
Kuzatişlarim natijasida amin böldimki, odamlar kundan-kunga tajovuzkor (ming bor uzr) bölib bormoqda. Hamma alamzada-yu, bir gap gapirsang qopib oladigandek...
Endi yuqoridagi holatlarning yuzaga kelişiga qaysi omillar sabab bölayotganligi haqida muşohada yuritsak. Töğri, sabablar köp, ammo asosiylari quyidagilar:
1. Qorinni töydiriş oson, ammo közni töydiriş qiyin ekan. Agar odamzod boylikka bunçalar ruju qöymaganida, tarix qirğinbarot uruşlarni körmagan, zamin insonlar qoni bilan böyalmagan yoki osmon norasida gödaklar yiğisidan larzaga kelmagan bölardi.
Tan oliş kerak, jamiyatimizga işsizlik muammosi begona emas. Korrupsiyaning ildiz otgani, har bir taşkilotda içki mahalliyçilikning borligi ham ayni haqiqat. Ammo bular jinoyat sodir etişga, qotil degan tamğani olişga sabab bölolmaydi. Kuzatuvlarim natijasida amin böldimki, hozir odamlar bir-birini aldaşga, har bir işdan pul topişga şönğib ketgan. Göyoki, biz yaşaş uçun pul topmayapmiz, pul topiş uçun yaşayapmiz.
2. Heç bir inson ona qornidan bilimdon yoki qotil bölib tuğilmaydi. Undagi xulq-atvorlarning barçasi oiladagi muhit ta'sirida şakllanadi. Şu bois, yuqoridagi kabi holatlarda faqat jinoyatçini ayblaş notöğri. Bunda ota-onaning, yaqinlar, taniş-biliş, qöni-qöşnidan tortib, jamiyatdagi har bir insonning hissasi bor.
Şu örinda Xolid Husayniyning «Şamol ortidan yugurib» romanidagi Asefning qanday qilib yirik qonxör bölib kamolga yetganligi haqidagi hikoyasi yodimga tuşdi. Yozuvçining tasvirlaşiça, u bolalikdan talonçi, hukmronlikka intilgan, tengdoşlari unga tobe bölişini istardi. Otasi uning bu harakatlaridan quvonar, qöllab-quvvatlardi. Qarangki, Asef özi istagandan ortiğiga erişdi. Ulğaygaç qarşi kuçlar bilan birlaşib, afğon xalqini qiliçdan ötkazdi, qon hididan huzur oladigan, dod-faryodlar quloğiga xuş yoqadigan kallakesar bölib yetdi.
Demak, jinoyatga qöl urmoqçi bölgan inson öz-özidan bu yölni tanlamaydi. Kiçik arzimasdek tuyilgan jinoyatlar kattalaşib boraveradi. Demak, ota-onalar farzandlarining xatti-harakatiga doimo sezgir bölişi, biror noqobil harakatni bolalikka yöymasdan uning zarari haqida tuşuntirişi lozim. Albatta, buning uçun ota-ona ham tarbiya körgan bölişi şart!
3. Sakkiz yoşli öğlim internetdan elektron öyin yuklab olib, maqtandi.
— Qarang, bu meni maşinam!
— Juda çiroyli ekan! Buni boşqarişing kerakmi?
— Ha manavi balandliklardan ötişim va yölda uçragan duşmanlarni bosib ketişim kerak! Qarang, bittada törttasini öldirdim, — dedi közini öyindan olmay.
Qörqib ketdim va öşa kuniyoq öyinni öçirib, telefonni qayta öğlimga bermaslikka ahd qildim.
Şu yilning mart oyida AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uy Kongress vakillari bilan bölgan uçraşuvda «Amerika Qöşma Ştatlaridagi maktablarda sodir etilayotgan otişmalarning boş omili – kompyuter öyinlari bilan boğliq», degandi.
Haqiqatan ham bunday elektron öyinlar inson ruhiyatiga sezilarli ta'sir etadi, qança köp odam öldirsangiz, köproq ball töplaysiz. Ekranga saçragan qon, bir insonning dod-voyi ta'bingizni xira qilmaydi.
4. Bugungi kino sanoatida detektiv janrdagi filmlar yetakçilar qatoridan joy egallagan. Ularning tomoşabini köp! Ammo jinoyat tarixini miridan-sirigaça körsatib beradigan, qotillarning iş jarayonini oçiqçasiga namoyiş etayotgan bunday filmlar boşqalar uçun yöriqnoma bölmasliga heç kim kafolat bermaydi. Balki işonmassiz, ammo Rossiyadagi jinoyatçilardan biri qotilliklar aks etgan filmlarni körib, közini pişitgani va qurbonlariga şunday munosabatda bölganini sud zalida oçiqçasiga tan olgandi.
5.Tan oliş kerak, sönggi yillarda diniy qaraşlar bilan boğliq tuşunçalarimiz ança özgarib ketdi. Asl islom dinidan uzoqlaşib, yaxşi bilan yomonni qoriştirib yubordik. Bolalarda ham diniy tasavvurlarni juda keç uyğotayapmiz, şu bois böşliq örnini yot ğoyalar osonlikça özlaştirib olmoqda.
6. Texnika olamiga şönğib ketib, ma'naviyat öçoği sanalgan adabiyotni unutib qöydik. Maktabga endi çiqqan farzandimizga yangi telefon harid qilamiz-u, tuğilgan yoki bayram kunlarida bitta kitob olib berişga yaramaymiz. Odob xazinasi sanalgan adabiyot faqat oliy öquv yurtiga kiriş imtihonlarida emas, hayot çiğiriqlaridan ötişingizda ham asqatadi.
Şu yerga kelganda qalamim yozişdan töxtadi. Maqolaga qanday xulosa yasaşni bilmay qoldim. Sabablarni umumlaştirgaç, Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uçun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo sadoqat — yo falokat masalasidir», degan sözlari yodimga tuşdi. Inson kamolotining poydevori bölgan oiladagi tarbiyani kuçaytiriş, ota-onalarning tarbiyaga layoqatli insonlar bölişini ta'minlaş qançalar muhim masala ekanligini angladim.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi