Özbekiston Respublikasi prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş böyiça maslahat kengaşi​ga Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Akmal Saidov rais etib tayinlanişi kutilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi mutasaddi vakilining ma'lumotiga tayangan holda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

5 may kuni Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Taraqqiyot strategiyasi” markazida “Adliya axboroti” nomli brifing taşkil etildi. Bunday brifing öz formatiga köra vazirlik tomonidan ilk bor ötkazildi.​ Brifingda hafta davomida qabul qilingan muhim qonun hujjatlari haqida ma'lumotlar berildi.​

Tadbir ma'lum qilinişiça, yangi tuzilajak Maslahat Kengaşiga Qonunçilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat taşkilotlar va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari qömitasi raisi, deputat Akmal Saidov rais etib tayinlanişi kutilmoqda. Şuningdek, kengaş tarkibiga Özbekiston Respublikasi Boş prokurori, davlat maslahatçilari, NNT rahbarlari ham kiritilişi mumkinligi aytilmoqda.

Mazkur kengaş kuni keça Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Mamlakatni demokratik yangilaş jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonga köra tuzildi. Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş böyiça Maslahat kengaşi taşkil etilgani xabar berilgandi.