Sudan Markaziy Afrika Respublikasi (MAR) poytaxtidagi elçixonasiga hujum sodir etilgani sababli bu davlatdagi elçisini ortga çaqirtib oldi. Bu haqda Sudan taşqi işlar vazirligi saytida e'lon qilingan bayonotda aytilgan.

Bayonotda aytilişiça, 4 may kuni Sudanning Bangidagi elçisi qarorgohiga hujum sodir etilgan. Oqibatda elçixona qöriqçisi öqotar jarohatlardan halok bölgan. MAR prezidenti va içki işlar vaziri Sudan elçisi bilan uçraşib, hukumat nomidan elçixona xodimi halok bölgani munosabati bilan ta'ziya keltirişgan va jinoyatçilarni topib, ularni javobgarlikka tortiş uçun barça çoralar körilişiga va'da berişgan. 

Sudan Tribune portali ma'lumotlariga köra, elçixona qöriqçisi öğrilikning oldini olmoqçi bölgan politsiyaçilar tomonidan xato öldirilgan. 

Sudan hukumati uşbu holat yuzasidan MARning elçisiga rasmiy norozilik notasi topşirgan va jinoyatçilarni javobgarlikka tortiş hamda öz elçixonasi va uning xodimlari himoyasini ta'minlaşni talab qilgan.