5 may kuni Italiyaga noqonuniy yöl bilan ötmoqçi bölgan kamida 219 noqonuniy muhojir Tunis harbiy-dengiz kuçlari bölinmalari tomonidan Tunisning şarqiy sohillari yaqinida qutqarib qolindi. Bu haqda Mosaique FM radiostansiyasi ma'lum qildi.

Uning ma'lumotlarga köra, baliq ovlovçi qayiqda Tunisning 211 fuqarosi, jumladan 195 erkak, 11 ayol va 5 bola hamda Kot-d'Ivuarning 7 fuqarosi va bir kamerunlik bölgan. Ularning aytişgiça, ular Kerkenn orolidan Italiyaga 4 may kuni yöl olganlar.

Xalqaro migratsiya taşkiloti ma'lumotlarga köra, 2017 yilda Yevropaga Örta yer dengizi orqali 171 mingdan köproq muhojir va qoçqinlar yetib olgan. Biroq 3 mingdan köproq kişi bu xavfli yölda halok bölgan.