Twitter ijtimoiy tarmoği özining 330 milliondan ortiq foydalanuvçisiga akkauntlarining parollarini özgartirişni tavsiya qildi. Şunday ogohlantirişlar foydalanuvçilarga yuborilgan.
Twitter loginlar va parollarni odatdagiça himoyalaydi — servis foydalanuvçining ma'lumotlarini şifrlangan holda saqlaydi. Tizimdagi xatolik sababli akkauntlarning bir qismi himoyasiz qolgan.
«Biz bu xatoni sezib qoldik va bunday xato boşqa röy bermasligi ustida işlamoqdamiz», — deyilgan kompaniya bayonotida.
Şu bilan birgalikda aynan qança akkaunt himoyasiz qolgani ma'lum qilinmagan. Reuters öz manbasiga asoslanib yozişiça, parollar bir neça oy mobaynida himoyasiz bölib kelgan.
Twitter jamoasi foydalanuvçilarga Twitter, TweetDeck, Tweeten hamda Twitterrific xizmatlaridagi parollarni özgartirişni tavsiya qilgan.











