1991 yilda genotsid sodir etişda gumon qilinib, Interpol tomonidan 30 yilga yaqin qidirilgan serbiyalik Stevan B. Ruminiyada qölga olindi. Bu haqda Ruminiyaning Yassi şahri politsiyasi ma'lum qildi. 

Ma'lum qilinişiça, serbiyalik Galats portidagi çegaradan ötkaziş punktida 5 may kuni uşlangan. Uni hibsga olişga order Xorvatiya sudi tomonidan berilgan.

Ta'kidlanişiça, qölga olingan gumonlanuvçi 1991-1995 yillarda qurollangan guruh a'zosi sifatida xorvatlar va vengrlarga qarşi terrorçilik harakatlarida iştirok etgan.