Toşkent şahridagi “Matbuotçilar uyi” auksioni töxtatilgan. Bu haqda ÖzA Toşkent şahar hokimligiga asosan xabar berdi.

Qayd etilişiça, “Toşbozorsavdo” uyuşmasi “Özsanoatquriliş” bankidan olingan kredit pullarini öz hisobidan tölaydi. 

2016 – 2017 yillarda “Özsanoatqurilişbank”dan “Toşbozorsavdo” uyuşmasi uçun Toşkent şahridagi bozorlarni rekonstruksiya qiliş uçun Toşkent şahar hokimligi qarori bilan pul mablaği olingan. Garov ta'minoti sifatida esa “Matbuotçilar uyi” körsatilgan. Oradan bir yarim yil vaqt ötişiga qaramasdan uyuşma tomonidan kredit qarzlari qoplanmagan. Oqibatda “Matbuotçilar uyi” Mirobod tumani Majburiy ijro byurosi tomonidan auksionga qöyiladi.

Toşkent şahri hokimi vazifasini bajaruvçisi mazkur iş hujjatlari qayta körib çiqilganini ma'lum qildi. Endilikda, “Toşbozorsavdo” bankga kredit pullarini öz hisobidan tölaydi. 

“Matbuotçilar uyi” kredit garov ta'minoti sifatida bekor qilingan. “Matbuotçilar uyi” jurnalistlarda, ya'ni avvalgidek, Toşkent şahar hokimiyati tasarrufida (balansida) qolgan. Markaziy gazetalar boşqa manzilga köçirilmaydi.