Moliya vazirligi ish haqi to‘lovlarining to‘lanish ahvoli bo‘yicha axborot berdi
Moliya vazirligi tomonidan 2018 yil aprel oyining ikkinchi yarmi (oyning dastlabki birinchi 5 ish kuni) uchun ish haqlari to‘lanishi yuzasidan tizimli monitoring o‘tkazildi.
Uning natijalariga ko‘ra, joriy yilning 1 may kuni Moliya vazirligi tomonidan quyi moliya organlariga byudjyet tashkilotlari ishchilarining ish haqi to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lanishini ta'minlash maqsadida 573,4 mlrd so‘m miqdorida maqsadli mablag‘lar ajratildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bergan.
Hududiy g‘azna hisob raqamlarida ish haqi to‘lovlarini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi uchun yetarli miqdorda mablag‘lar shakllantirilgan. Shu bilan birga, byudjyet tashkilotlari rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan g‘aznachilik organlariga taqdim etilgan to‘lov hujjatlari asosida joriy yilning 5 may sanasiga aprel oyining 2 yarmi uchun ish haqi pullarini to‘lanishi respublika bo‘yicha 96,1 foizni tashkil etdi.
Jumladan, hududlar kesimida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjyeti - 100,0%
Andijon viloyati byudjyeti - 100,0%
Buxoro viloyati byudjyeti - 93,2%
Jizzax viloyati byudjyeti - 90,4%
Qashqadaryo viloyati byudjyeti - 98,2%
Navoiy viloyati byudjyeti - 93,8%
Namangan viloyati byudjyeti - 97,5%
Samarqand viloyati byudjyeti - 92,5%
Surxondaryo viloyati byudjyeti - 100,0%
Sirdaryo viloyati byudjyeti - 97,9%
Toshkent viloyati byudjyeti - 98,0%
Farg‘ona viloyati byudjyeti - 91,9%
Xorazm viloyati byudjyeti - 99,3%
Toshkent shahri byudjyeti - 96,5%
Jami - 96,1%
Bunda Moliya vazirligi tomonidan respublika byudjyeti byudjyet tashkilotlarida ish haqi to‘lanishi 86,6%ni tashkil etgan.
Qayd etilishcha, Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan byudjyet tashkilotlarining ish haqi to‘lovlari 5 ish kunidan kechiktirmay to‘lanishi bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va tegishli to‘lov hujjatlarini g‘aznachilik organlariga o‘z vaqtida taqdim etilishi yuzasidan tegishli tarmoq vazirliklar hamda byudjyet tashkilotlariga amaliy yordam ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:43 / 21.02.2023
O‘zbekistonda xodimlarning 28 foizi 1 mln so‘mgacha maosh oladi
20:14 / 22.11.2022
O‘zbekistonning davlat qarzi 26 mlrd dollar atrofida saqlanib qoldi
11:51 / 22.11.2022
“Bitta vazirlik hamma vazirlik ustidan qo‘riqchi bo‘lib turgani bilan ish bitmaydi” - Timur Ishmetov vazirliklar budjet mablag‘larini maqsadsiz sarflashi haqida
15:14 / 21.11.2022