Poytaxtda Şimoliy vokzal qarşisidagi Toşkent gerbini kötarib turgan qöl şaklidagi yodgorlik olib taşlandi. Uning postamentiga «Toşkentimizni yovuz kuçlardan, yomon közlardan asrasin» yozuvi bor edi, deb xabar qilmoqda Gazeta.uz.

Foto: Gazeta.uz

1996 yilga qadar uning joyida 1962 yilda örnatilgan Dmitriy Ryabiçevning 14 Turkiston komissari haykali bölgan.

Poytaxt hokimiyatidan xabar qilinişiça, Nukus va Taras Şevçenko köçalari çorrahasida qoraqalpoq şoiri Berdaq haykali örnatilib, uning nomidagi xiyobon barpo etiladi.

Ayni paytda bu yerda piyodalar yölagi rekonstruksiya qilinib, favvoralar yangidan jihozlanmoqda. Berdaq yodgorligi hozirda talabalar şaharçasidagi sobiq Nukus kinoteatri yaqinida joylaşgan.

Foto: Gazeta.uz
Foto: Gazeta.uz