Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning yangi tahriri tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Hujjatning oldingi tahriridan (o‘z kuchini yo‘qotdi) asosiy farqlar ko‘rib chiqiladi.
Birinchidan, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga kassadagi naqd pul qoldiqlariga limitlarni o‘rnatish va tushumni bankka topshirish muddatlarini belgilash uchun hisob-kitoblarning ular tomonidan loyihalashtiriladigan yangi shakli joriy etildi.
Ma'lumot uchun: xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar o‘z kassalarida kassadagi naqd pul qoldiqlariga limitlar doirasida naqd pullarga ega bo‘lishlari mumkin, ular naqd pul qoldiqlariga limitlardan ortiqcha qismini bankka topshirishlari shart.
Ilgari xizmat ko‘rsatuvchi bankka buyurtma-hisob-kitob taqdim etilgan bo‘lsa, endi «hisob-kitob ma'lumotnomasi» topshiriladi:
• ma'lumotnoma barcha xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar uchun yagona hisoblanadi, u savdo va boshqa sohalardagilar uchun alohida bo‘lmaydi;
• boshqalar qatorida avans, ish haqi va boshqa xarajatlar uchun naqd pullarni berish uchun rejalashtirilgan sanalar ko‘rsatiladi;
• ma'lumotnoma har yili yanvar oyida (ilgari I chorakda topshirilar edi), yangi hisobraqam ochadigan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan esa – keyingi oydan kechikmay taqdim etilishi lozim.
Ikkinchidan, byudjyet tashkilotlariga avans va ish haqi to‘lash, shuningdek harbiy xizmatchilarga pul ta'minotini to‘lash uchun naqd pullarni berishning aniq muddatlari chiqarib tashlandi. Naqd pullar xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning jamoa shartnomalari, ichki lokal hujjatlarida nazarda tutilgan, bank bilan kelishilgan muddatlarda to‘lanadi.
Eslatib o‘tamiz, ilgari banklar uchun, agar jamoa shartnomalarida yoki boshqa lokal hujjatlarda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, byudjyet tashkilotlariga mehnatga haq to‘lashga pullarni berishning quyidagi majburiy muddatlari belgilangan edi:
• oyning birinchi yarmi uchun – joriy oyning 16-sanasidan 20-sanasigacha,
















