Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fan va texnologiyalar bo‘yicha Islom hamkorlik tashkiloti 2-sammiti O‘zbekistonda o‘tkaziladi
2018 yilning 5-6 may kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Abdujabar Abduvaxitov boshchiligidagi delegatsiya Dakka shahrida (Bangladesh) Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining (TIVK) 45-sessiyasida ishtirok etdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Sessiya ishida IHTning ishtirokchi davlatlari delegatsiyalari, qator xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari rahbarlari qatnashdi.
An'anaga ko‘ra, majlis IHT TIVKdagi raislik Kot-d’Ivuardan Bangladeshga topshirish marosimi bilan boshlandi. Bangladesh «Islomiy qadriyatlar barqaror tinchlik, birdamlik va rivojlantirish uchun» shiorini tanlagani e'lon qilindi.
IHTga a'zo davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, IHT faoliyatiga doir masalalar ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi nutqida qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi islom sivilizatsiyasi rivojiga o‘z hissasini qo‘shish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rmoqda. Xususan, Samarqand shahrida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazi majmuasi qurilishi tugallanmoqda, Toshkent islom universitetida ISESCO maxsus kafedrasida faol ish boshladi.
Sessiya ishtirokchilari 2017 yil sentabr oyida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Fan va texnologiyalar bo‘yicha IHTning birinchi sammitida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha konstruktiv g‘oya va tashabbuslari bilan tanishtirildi. Ularning e'tibori ikkinchi Sammitni 2020 yili O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifga qaratildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tashabbusi bilan IHT TIVKning 45-sessiyasida «Fan va texnologiyalar bo‘yicha IHT ikkinchi Sammitini 2020 yili O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risida», «Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etish to‘g‘risida», «O‘zbekistonda Yosh olimlarning xalqaro islom markazini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorlari qabul qilindi.
Bundan tashqari, TIVK sessiyasining tegishli qarorlarida 2018 yil 26-27 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaning muhimligi va dolzarbligi qayd etildi.
Mavzuga oid
16:55 / 16.09.2025
«Qoralashlar raketalarni to‘xtatmaydi» – Arab-islom sammiti Isroil bilan diplomatik munosabatlarni ko‘rib chiqishga chaqirdi
14:24 / 08.08.2024
IHT Isroilga Hamas yetakchisi o‘limi uchun javobgarlikni yukladi
15:33 / 03.06.2024
Islom hamkorlik tashkilotining turizm yo‘nalishi bo‘yicha raisligi O‘zbekistonga berildi
21:17 / 10.11.2023