Talab bölgan joyda doim taklif ham böladi. Mobil aloqa biznesini Janubiy Osiyo aholisining eng noçor qatlamlari ham foydalanadigan qilib yölga qöyiş mumkinmi? Tajriba buning mumkin ekanini körsatmoqda. Forbes Hindistonning eng badavlat kişisi qanday qilib mobil aloqa biznesini yölga qöygani haqidagi maqolasi bilan bölişdi.

Ötgan yil oxirida Hindistonning eng qimmat kompaniyasi hisoblangan Reliance Industries'ning 50 ming xodimi va döstlari qirqinçi Oila yilini nişonlaş uçun Mumbaydagi 40 km'li stadionda yiğildi. Yana 200 ming kişi şouni tomoşa qiliş uçun videoaloqa orqali ulandi. Şouda Hindiston kinosi megayulduzlari Amitabx Baççan va Şohrux Xon, qöşiqçi Sonu Nigamlar iştirok etişdi. Korporativ rang-barang muşaklar va banket bilan yakunlandi. Biroq bayramning haqiqiy yulduzi Reliance kompaniyasi direktorlar kengaşi raisi va eng yirik aksiyadori Mukeş Ambani böldi (Forbes reytingida 40,1 mlrd dollar bilan 19-örinda joylaşgan).

"Reliance dunyoning yetakçi 20 kompaniyasi qatoriga qöşila oladimi?", - deya qiçqirdi u ommaga qarab, ular çiroqlarini kötargança, arenani "çiroqlar tölqini"ga aylantirib, "Ha, qöşila oladi!", deya javob berişdi.

Ambanining öz oldiga qöygan maqsadlari katta, u şu kungaça juda köp narsalarga erişdi. Reliance — dunyoning eng yirik kompaniyalari orasida hozirça 106-örinni egallaydi, ötgan yili kompaniya daromadi 4,6 milliard dollarni taşkil qilgan, sotuvlar hajmi esa - 50,9 milliard dollar. U neft-gaz sektorining asosiy öyinçisi, dunyoning eng yirik neftni qayta işlovçi zavodlari unga tegişli. Biroq u şuningdek soğliqni saqlaş, töqimaçilik sanoati va telekommunikatsiya sohalarida ham öz bölimlariga ega Hindistonning eng yirik reteyleri. Uning Network18 şö'ba korxonasi CNBC, CNN, MTV va Nickelodeon (televideniye), Paramount Pictures (kino) va Forbes (matbuot) kabi Ğarb brendlari bilan hamkorlik qiladi.

Şunday bölsa-da, hozirgi kunda Ambanini Jiöga kiritilgan 33 milliard dollarlik investitsiya köproq qiziqtirmoqda. Jio - bir yarim yil içida 160 million mijozni jalb qila olgan keng polosali 4G-internetni taqdim etuvçi servis. Jio mijozlarining yarmidan köpi ilk yarim yilda, ya'ni Reliance sotuvlarni rağbatlantiriş maqsadida servisdan bepul foydalanişni taklif qilganida servisga qöşilgan. Ular servisda qolişdi, çunki Jio mamlakat içidagi qönğiroqlar uçun pul olmaslikka va'da berdi va ma'lumotlarni yetkaziş uçun öta past tariflarni taklif qildi. Mijozlar bazasining şiddat bilan ösişi aksiyalarning 2017 yilda 70 foizga qimmatlaşişiga olib keldi va Ambanining moliyaviy holatiga 16,9 milliard dollar qöşdi. Tahlilçilar "Jio effekti" haqida sözlay boşlaşdi.