Jahon | 18:38 / 08.05.2018
16682
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In KXDR qanday shartda yadro qurolidan voz kechishini aytdi

Foto: AP Photo / Xinhua/Ju Peng

KXDR yetakchisi Kim Chen Inning XXR raisi Si Tszinpin bilan uchrashuv vaqtida ma'lum qilishicha, agarda manfaatdor tomonlar Pxenyanga nisbatan dushmanlik kayfiyatidagi siyosatdan voz kechsa, unda Shimoliy Koreya tomonida yadro quroliga egalik qilish ehtiyoji bo‘lmaydi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar qilmoqda.

Ikki yetakchi muzokaralari 7-8 may kunlari Xitoy shimoli-sharqidagi Lyaonin provinsiyasida joylashgan Dalyan port shahrida bo‘lib o‘tdi.

"Manfaatdor tomonlar KXDRga nisbatan dushmanlik kayfiyatidagi siyosat va xavfsizlikka tahdiddan voz kechishi kerak, shunda Shimoliy Koreya tomonidan yadro quroliga egalik qilish ehtiyoji bo‘lmaydi, yadrosizlanish esa amalga oshadi", - deya Kim Chen Inning so‘zlarini keltiradi agentlik.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Xitoyda Si Tszinpin bilan uchrashgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid