Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In Xitoyda Si Tszinpin bilan uchrashdi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurib, u yerda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin bilan uchrashdi. Bu haqda «Sinxua» KXDR yetakchisining tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etgan Xitoy kommunistik partiyasi a'zosiga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, yetakchilar uchrashuvi Xitoyning Dalyan shahrida bo‘lib o‘tgan, bu yerda ular muzokaralar o‘tkazgan va hozirgi muammolar bo‘yicha fikr almashgan.
Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, u Koreya yarim orolidagi vaziyatga siyosiy yechim topishda o‘zgarishlar bo‘lishiga umid qilmoqda. Uning ta'kidlashicha, agarda boshqalar dushmanlik kayfiyatidagi siyosatdan voz kechsa, KXDRda yadro quroliga egalik qilish ehtiyoji bo‘lmaydi. Kim Chen In KXDR va AQSh o‘rtasida muloqotga erishishda yordam beradigan ishonchga ham umid qilgan. Si Tszinpin Shimoliy Koreya hozirgi siyosatini qo‘llab-quvvatlashi haqida aytib, uchrashuv davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga turtki berishini bildirdi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026