«Kazpochta» 4 kilogrammgacha bo‘lgan jo‘natmalarni yetkazishga mo‘ljallangan yangi uchuvchisiz qurilmalarni taqdim etdi. Taqdimot marosimiga jurnalistlar va Qozog‘iston bosh vazir o‘rinbosari Asqar Jumagaliyev taklif etildi.
Rasmiylar tashrifiga qadar jurnalistlarga 5 ming dollarlik eski dron parvozi namoyish qilindi. Parvoz bir necha soniya davom etib, yuqoriga ko‘tarilmay quladi. Xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya direktori Aleksey Kim buni dron yangi lokatsiyada ishga tushirilgani hamda ob-havo sharoitlari inobatga olinmagani bilan izohladi.
Bosh vazir o‘rinbosari tashrifidan so‘ng yangi dron muammolarsiz ishga tushirildi - u sinov maydoni uzra aylanib, gazetalar yuklangan jo‘natmani belgilangan joyga tashladi. Yangi dron parvozi muvaffaqiyatli yakunlandi.














