Kuba davlat kengaşi va vazirlar kengaşi rahbari Migel Dias-Kanel 7 may kuni Gavanada BMT boş kotibi Antoniu Guterriş bilan uçraşdi.

Juventud Rebelde portalining ma'lum qilişiça, tomonlar suhbat davomida tinçlik va xalqaro barqarorlik, 2030 yilgaça davr uçun iqlim özgarişlari va barqaror rivojlaniş masalalarini muhokama qilişgan. 

Dias-Kanel BMT boş kotibiga Kuba taşkilot nizomi tamoyillariga va Lotin Amerikasi va Karib havzasida tinçlikni tarğib qilişga sodiq qolişga va'da bergan. Kubaning yangi rahbari suhbat davomida mamlakatda iqtisodiy va ijtimoiy model yangilanişining borişi haqida sözlab bergan.

Dias-Kanel aprelda Kuba davlat kengaşi rahbari lavozimiga tasdiqlangandi.