Telegram Rossiya Oliy sudining qarori yuzasidan şikoyat bilan çiqdi. Qarorda FXXning messenjerda xabarlarni qayta şifrlaş töğrisidagi qarori qonuniy deb topilgandi. Bu haqda advokat Pavel Çikov xabar bergan.

«Rossiya Oliy sudi Apellyatsion kollegiyasiga şikoyat yuborildi. Unda Telegram vakillari Rossiya Oliy sudining 2018 yil 20 martdagi qarorini butunlay bekor qilişni söraşgan», - deya yozdi Çikov öz Telegram-kanalida.

Roskomnadzor 16 apreldan Rossiyada Telegram’ni bloklamoqda. Messenjer bloklaşni çetlab ötiş uçun muntazam manzilini özgartirmoqda: buning uçun Amazon Web Services, Google Cloud, Microsoft Azure va boşqa bulutli xizmatlar IP-adreslarini qöllamoqda. Şundan keyin Roskomnadzor bu provayderlarning IP-adreslarini ommaviy bloklaşni boşlagan. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev matbuot kotibi Telegram’ga qanday qilib kirişni deputatga tuşuntirgandi.