AQŞ prezidenti Donald Tramp sobiq davlat kotibi, Eron yadro dasturi böyiça kelişuvni saqlab qoliş tarafdori bölgan Jon Kerrini bu masala böyiça muzokaralardan “uzoqroq yurişga” çaqirdi.
"Jon Kerri özida imkoniyat bölgani va undan foydalana olmaganiga heç çiday olmayapti! Jon, muzokaralardan uzoqroq yuring, siz öz mamlakatingizga zarar keltiryapsiz!" – deya yozgan Qöşma Ştatlar yetakçisi Twitter-akkauntida.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ sobiq davlat kotibi Jon Kerri 2018 yilda Eron TIV rahbari Muhammad Javod Zarif bilan bir neça marotaba uçraşib, yadroviy kelişuvni muhokama qilgani xabar berilgandi. Ma'lumotlariga köra, Kerri va Zarif kelişuvni saqlab qolişning turli variantlari ustida söz yuritgan. Muzokaralar qanday natija keltirgani xabar qilinmagan.












