10:28 / 09.05.2018
4867

AQSh davlat kotibi ikkinchi marta Shimoliy Koreyaga tashrif bilan keldi

Foto: AP/J. Scott Applewhite

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Shimoliy Koreyaga muzokaralar o‘tkazgani keldi. Bu haqda ABC telekanali xabar berdi.

Avvalroq Pompeoning Shimoliy Koreyaga jo‘nagani haqida AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qilgandi. Bu Pompeoning Shimoliy Koreyaga oxirgi ikki oy ichidagi ikkinchi tashrifidir. 

Pompeo Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuviga tayyorgarlikni muhokama qiladi hamda Shimoliy Koreyada ushlab turilgan 3 amerikalik masalasini ko‘taradi.  

Pompeo, shuningdek, Tramp va Kim Chen In uchrashuvining aniq sanasi bo‘yicha kelishib oladi. Pompeo safaridan 3 amerikalik bilan qaytishi ehtimol qilinmoqda. 

“Biz u uchrashuv sanasi va hibsda ushlab turilgan amerikaliklarni olib kelishini kutmoqdamiz”, deb aytgan noma'lum bo‘lib qolishni istagan manba.

Shimoliy Koreyada koreys millatiga mansub 3 amerikalik hibsda ushlab turilibdi. Bular: 2005 yilda hibsga olingan pastor Kim Don Chxol, 2017 yil aprelida ushlangan o‘qituvchi Toni Kim va 2017 yil mayida ushlangan yana bir o‘qituvchi Kim Xak Son. Ular Shimoliy Koreyaga qarshi dushmanona qo‘poruvchi harakatlar sodir etishda ayblanganlar.

Mavzuga oid
Top