Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya KXDR bilan munosabatlar qanday shartda tiklanishini bildirdi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening ma'lum qilishicha, mamlakat KXDR bilan munosabatlarni tiklaydi, faqat bu Shimoliy Koreya hukumati butunlay qurolsizlansa va yapon fuqarolarini o‘g‘irlash bilan bog‘liq muammoni hal qilsa yuz beradi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Abe Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan bilan Tokioda o‘tkazilgan uch tomonlama uchrashuv vaqtida shunday bayonot bilan chiqqan. Xitoy bosh vaziri Yaponiya hamda KXDR o‘rtasida siyosiy muloqot tiklanishini qo‘llab-quvvatladi.
Avvalroq, Shimoliy Koreya hukumati bir necha o‘n yil muqaddam Yaponiyaning 13 fuqarosi o‘g‘irlangani, bu ulardan keyinchalik josuslar sifatida foydalanish uchun qilinganini tan olgandi. Ulardan besh nafari vataniga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In KXDR qanday shartda yadro qurolidan voz kechishini aytgandi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026