Telegram messenjerining asosçisi Pavel Durov Rossiyada Telegram uçun «ğalaba qozongunga qadar» kuraşiş niyatida ekanini xabar berdi va Rossiya hukumati texnologik kompaniyalariga nisbatan «bajarib bölmaydigan ultimatumlar tili»dan voz keçişiga umid qilişini aytdi. Bu haqda u «VKontakte» ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozgan.

Eslatib ötamiz, 8 may kuni Telegram Rossiya Oliy sudining qarori yuzasidan şikoyat bilan çiqdi. Qarorda FXXning messenjerda xabarlarni qayta şifrlaş töğrisidagi qarori qonuniy deb topilgandi. Bu haqda advokat Pavel Çikov xabar bergan. «Rossiya Oliy sudi Apellyatsion kollegiyasiga şikoyat yuborildi. Unda Telegram vakillari Rossiya Oliy sudining 2018 yil 20 martdagi qarorini butunlay bekor qilişni söraşgan», - deya yozdi Çikov öz Telegram-kanalida.

«Umid qilamanki, Rossiya hukumati bugungi kunda texnologik kompaniyalar bilan muloqot olib borilayotgan bajarib bölmas ultimatumlar tilidan voz keçadi», - deya vaziyatga izoh berdi Durov. «Şunga qaramay, biz Rossiyada Telegram uçun kuraşni davom ettiramiz. Ajdodlarimiz tarixi bizni oxirigaça kuraşişga örgatadi», - deya qöşimça qilib ötdi u va barçani Ğalaba kuni bilan tabrikladi.

Telegram asosçisining tuşuntirişiça, agar FXX bir neça terrorçi haqida ma'lumot söraş bilan çeklanganida, unda bu talab Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga mos kelardi. «Biroq, gap universal şifrlaş kalitlari haqida ketyapti. Bundan maqsad - çeksiz şaxslarning yozişmalariga çeklovsiz kirib boriş», - deya yozgan u. «Bu esa - Konstitutsiyaning har bir kişining maxfiy yozişmaga bölgan huquqi töğrisidagi 23-moddasi töğridan-töğri buzilişi», - deya ta'kidlagan Durov.

«Ba'zi hollarda Telegram Rossiyada «qonun bu qonun»ligi uçun bloklab qöyilganini aytişmoqda. Biroq Telegram Rossiyada mamlakatning asosiy qonuni - Konstitutsiyaga zid ravişda bloklandi. Konstitutsiyaga zid bölgan sud qarorlari va qonunlar heç qanday kuçga ega emas», - deya hisoblaydi Durov. U Telegram Rossiyada noqonuniy tarzda bloklanganiga işonçi komil.