Moskvada Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 73 yilligiga bağişlangan parad boşlandi. Tadbirdan töğridan-töğri translyatsiya «Rossiya 24» telekanali tomonidan efirga uzatilmoqda.
Paradga Rossiya Quruqlikdagi qöşinlar boş qömondoni Oleg Salyukov qömondonlik qilmoqda. Paradni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu qabul qilyapti.



Maydonda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va boş vazir Dmitriy Medvedevdan taşqari, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç va Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu ham bor.

Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga köra, harbiy paradda 13 mingdan ortiq harbiy xizmat qatnaşmoqda, 159ta zamonaviy qurol va harbiy texnika, şuningdek, 75ta samolyot va vertolyotlar jalb etilgan.











