Amerikaning Walmart kompaniyasi Hindistonning Flipkart riteylerini sotib oladi. Bu haqda Flipkart investorlaridan biri bo‘lmish Softbank rahbari Masayoshi Son bayonotiga asoslanib, Reuters xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Walmart kompaniyasi umumiy narxi $20 mlrd bo‘lgan Flipkart aksiyalarining nazorat paketini xarid qilish uchun $10-$12 mlrd investitsiya kiritadi. Natijada, bu AQSh tarixidagi chakana savdo sohasida eng yirik xaridga aylanadi.

Flipkart –Hindistondagi eng yirik onlayn-magazin bo‘lib, kompaniya xizmatlaridan 100 milliondan ortiq odam foydalanadi. 2018 yil 8 may kuni riteylerning Android ilovasi Standout Build for Billions Experience kategoriyasida Google Play Awards g‘olibi bo‘lgan edi.