Bloomberg tuzgan reytingga köra, Uolton oilasining boyligi 224,5 milliard dollarga baholangan, yil davomida u 13,7 milliard dollarga kamaygan. 

Walmart 1962 yilda tadbirkor Sem Uolton tomonidan taşkil etilgan bölib, dunyo böylab dökonlari soni 10,5 mingdan oşadi, ştab-kvartirasi Bentonvilda (Arkanzas) joylaşgan, kompaniyaning yillik daromadi 573 milliard dollarga teng. Uolton oilasi tarmoq aksiyalarining 47 foiziga egalik qiladi.

Şuningdek, eng badavlat 10 ta oila qatoriga quyidagilar kiradi: 

● Mars oilasi, Mars qandolatçilik mahsulotlari va uzoq muddat saqlanadigan oziq-ovqat işlab çiqaruvçi kompaniya egalari – 160 milliard dollar (yil davomida boyligi 18 milliard dollarga köpaygan);

● Kox oilasi, Amerikaning Koch Industrues neft-kimyo korporatsiyasi egalari – 124,4 milliard dollar (+4,4 milliard dollar);

● Ol Saud – Saudiya Arabistoni qiroli oilasi - 105 milliard dollar (+5 milliard dollar);

● Erme oilasi, Fransiyaning Hermes modalar uyi egalari — 94,6 milliard dollar (-17 milliard dollar);

● Ambani oilasi, Hindistonning Reliance Industries neft qazib oliş va qayta işlaş xoldingi egalari – 84,6 milliard dollar (-9,1 milliard dollar);

● Vertxaymer oilasi, Fransiyaning Chanel modalar uyi egalari – 79 milliard dollar (+17,2 milliard dollar);

● Kargill oilasi, Cargill qişloq xöjaligi kompaniyasi egalari – 65,2 milliard dollar;

● Tompson oilasi, Reuters axborot agentligining nazorat paketi egalari – 61,2 milliard dollar;

● Hoffman oilasi, Roche Holding Şveytsariya farmatsevtika kompaniyasi minoritar egalari – 45,1 milliard dollar. 

Hammasi bölib reytingga 25 oila kiritilgan. 

Ular orasida Germaniyaning Aldi çegirmali dökonlar tarmoğiga egalik qiluvçi Albrext oilasi (41,4 milliard dollar), Cox Enterprises telekommunikatsiya kompaniyasiga egalik qiluvçi Koks oilasi (28,3 milliard dollar), Hindistonning Hapoorji Pallonji Group quriliş kompaniyasi egasi Mistri oilasi va boşqalar bor. 

Bloomberg ma’lumotlariga köra, dunyodagi eng badavlat 25 oilaning umumiy boyligi 1,5 trillion dollarni taşkil etadi, bu ötgan yilgidan 143 milliard dollarga kam.