“Muammoga oson yeçim har doim ham töğri yeçim bulmagan, uning töğri yeçimi esa har doim ham oson bölavermagan. Eng muhim qaror: bu şu holatda qaysi yölni tanlaşdir.”

AKŞ prezidenti Jon Kennedi bir paytlar mamlakatda soliq tizimini isloh qiliş xususida quyidagi mulohazani bildirgan edi: “Bugungi kunda tuşuniş qiyin bölgan bir haqiqat mavjud: bu soliq stavkalari yuqori bölişiga qaramasdan, soliq tuşumlarining kam ekanligidir. Şunday ekan, soliq tuşumlarini uzoq muddatda köpayişini ta'minlaşning eng töğri yöli bu soliq stavkalarini qisqartiriş. Soliqlarni kamaytirişdan maqsad - byudjyetda kamomadni yuzaga keltiriş emas, aksinça byudjyet muvozanatiga yetaklovçi farovon va izçil rivojlanadigan iqtisodiyot muhitini şakllantirişdir. Zero, faqat aholini iş bilan töliq ta'minlaş orqaligina byudjyet muvozanatini tiklaş mumkin”.

Foto: Shutterstock

Sönggi paytlarda Özbekiston soliq tizimini isloh qiliş borasida taşlangan qadamlar zamirida ham şunday maqsadlar yotgan bölsa ajab emas. 2018 yil 13 fevralida prezident Şavkat Mirziyoyevning farmoyişi asosida, mamlakat soliq qonunçiligi va amaliyotini örganib, ularni tubdan isloh qiliş böyiça aniq takliflar kiritiş maqsadida maxsus komissiya tuzilgan edi. Joriy yilning 27 mart kuni mazkur komissiya “Özbekiston Respublikasining soliq tizimini isloh qiliş konsepsiyasi”ni işlab çiqib, keng jamoatçilik e'tiboriga havola etdi. Kontseptsiyada mamlakat soliq tizimini isloh qiliş böyiça juda ilğor takliflar örtaga taşlangan.

Lekin konsepsiyada mamlakat iqtisodiyotining kelajagi hisoblangan xususiy tadbirkorlarni soliqqa tortiş tizimini isloh qiliş böyiça közga taşlanarli, aniq takliflarning kuzatilmagani ayrim xususiy tadbirkorlarimizni xavotirga solayotgan bölsa, boşqalarini xursand qilmoqda. Xususiy tadbirkorlar fikrining bu tarzda ikkiga bölinişining öziga xos sabablari mavjud. Ularni soliqqa tortiş böyiça amaldagi qoidalarning eng muammoli tomonlaridan biri ham aynan şunda. Ular ikki muammoga sabab bölmoqda:

  • Xususiy tadbirkorlik faoliyatini endi boşlayotgan yoki uni boşlab hali daromadga kirmagan tadbirkorlarimizni qiyin ahvolga solib qöymokda. Bunday tadbirkorlar amaldagi tizimni isloh qiliş tarafdorlari bölişi tabiiy.
  • Xususiy tadbirkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli yölga qöyib olgan şaxslar uçun keragidan ortiq afzallik bermoqda. Ular amaldagi tartib şundayligiça qolişidan manfaatdor.