Ayrim xorij internet naşrlarida Andijon şahrida yaşovçi 3,5 yoşli bolada böğma (difteriya) kasalligi qayd etilganligi töğrisida xabarlar berilgan edi.

Mazkur masalani joyiga çiqib örganiş maqsadida Soğliqni saqlaş vazirligi Sanitariya-epidemiologiya nazorati Boş boşqarmasi boşliğining örinbosari, tibbiyot fanlari nomzodi D.Tursunova boşçiligida mamlakatidagi yetakçi olim va şifokorlardan iborat tezkor guruh taşkil etilib, Andijon şahriga yuborildi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati rahbari Furqat Sanayev KUN.UZ’ga xabar berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 7 may kuni 2014 yil 21 avgustda tuğilgan A.Şuhratbekov “yiringli-nekrotik angina” birlamçi taşxisi bilan Andijon viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan. 

Onasi bergan ma'lumotga köra, bemor bola 5 may kuni muzqaymoq iste'mol qilgan va 6 may kuni unda holsizlaniş, injiqlik, rangini oqarişi kabi belgilar paydo bölgan. 7 may kuni tana harorati kötarilişi,  tomoqda oğriq kuzatilgani bois bola viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga olib borilgan.

Şifoxonada mutaxassislar tomonidan bemor körikdan ötkazilgandan söng, unga zamburuğli angina birlamçi taşxisi qöyilib, örtaça oğirlikda reanimatsiya bölimiga yotqizilgan. Şundan söng tahlil uçun tegişli biologik namunalar olinib, laboratoriyaga topşirilgan va barça muolajalar vaqtida ötkazilgan. 

Bemor Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan yuborilgan mutaxassislar tomonidan konsilium qilinib, takroriy tibbiy körikdan ötkazildi. Unga yiringli-nekrotik angina va böğmaga qöşimça tekşiriş buyurilgan.

Ta'kidlaş joizki, bola 2 yoşga tölgunga qadar milliy emlaş jadvaliga muvofiq, böğma kasalligiga qarşi 4 marotaba emlangan.

Körsatilgan malakali tibbiy yordam natijasida 11 may kuni bemor A.Şuhratbekovning umumiy salomatligi qoniqarli, deb baholangan. U faol harakatlanmoqda, ovqatlanişi yaxşi, isitmasi yöq. Yaqin kunlarda uyiga javob beriladi va şundan söng bemor hududdagi tibbiy patronaj xizmati nazoratiga olinadi. 

Joriy yilning 11 may kuni mikrobiologik tahlil natijalari ham olingan. Andijon viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bakteriologiya laboratoriyasining 2018 yil 11 maydagi 56-, 57- va 284-sonli mikrobiologik tekşiriş natijalari hamda kasallik klinikasi va keçişi asosida bemorga streptokokk etiologiyali yiringli-nekrotik angina yakuniy taşxisi qöyildi. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasidagi tört yoşli bolakay Özbekiston hududida bir neça ön yillardan beri kuzatilmagan yuqumli – difteriya, ya'ni böğma kasalligida gumon qilinayotgani haqida