Vazirlar Mahkamasining 4.05.2018 yildagi 339-son qarori bilan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar faoliyati sohasiga doir bir qator nizomlar tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Norma.
 
Çunonçi, quyidagilarni tartibga soluvçi Nizomlar tasdiqlandi:

• davlat qöriqxonalari va tabiat yodgorliklarining faoliyati;
• muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilişni taşkil etiş.
 
Bundan taşqari, hujjatda Tabiat boği töğrisida, şuningdek Yuridik şaxs taşkil etgan va taşkil etmagan holda davlat (xususiy) buyurtma qöriqxonalari va tabiiy pitomniklar töğrisidagi namunaviy nizomlar ham mavjud.
 
Ma'lumot uçun: davlat qöriqxonasi, buyurtma qöriqxona, tabiat boği, davlat tabiat yodgorligi tuşunçasi va ularning huquqiy rejimiga oid xususiyatlar «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar töğrisida»gi Qonunda aks ettirilgan.  
 
Tasdiqlangan hujjatlar bilan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning turlari böyiça quyidagilar qayd etilgan:

• ularni taşkil etiş va faoliyat yuritişi, qayta taşkil etiş va tugatiş xususiyatlari;
• asosiy maqsadi, vazifalari va funksiyalari;
• boşqaruv va davlat nazorati tartibi;
• ayrim faoliyatni (ilmiy-tadqiqot, rekreatsion faoliyat, ekologik ta'lim, maorif va h.k.) amalga oşiriş tartibi;
• hududiy tuzilişi xususiyatlari va rejim;
• muhofaza qiliş çora-tadbirlari;
• mol-mulk va moliyalaştiriş;  
• xodimlarni moddiy rağbatlantiriş.
 
1 sentabrgaça davlat qöriqxonalari faoliyati, şu jumladan boşqaruv samaradorligi, obektlar maydoni, joylaşuvi, ekoturizm salohiyati, istiqbollari va bu boradagi faoliyatni yanada takomillaştiriş tanqidiy tahlil qilinadi.
 
Tahlil natijalari asosida qöriqxonalar tizimi, ularning joylaşuvi va boşqaruvini yaxşilaş, şuningdek kadrlar salohiyatini kuçaytirişga doir çoralar taklif etiladi.