Ikkinçi turdagi diabetni katta dozadagi D vitamini va uning oşqozon osti bezi hujayralaridagi faoliyati samaradorligini kuçaytiruvçi moddadan foydalanib, bartaraf etiş mumkin. Olimlar Cell jurnalida taqdim etilgan maqolada şu haqida ma'lum qilişgan.
"Bilamizki, yalliğlaniş diabet rivojlanişida asosiy rol öynaydi. Tadqiqotimizning körsatişiça, D vitamini va uning molekulalariga reaksiya qiluvçi hujayra retseptorlari ham yalliğlaniş bilan, ham oşqozon osti bezi beta-hujayralari omon qolişi bilan boğliq bölib çiqdi", - dedi La-Xoyye (AQŞ)dagi Salka institutidan Ronald Evans.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti statistikasiga köra, dunyoda 347 million qandli diabetga yöliqqan bemorlar bor. Har 10 bemordan 9 nafari organizmning insulinni qabul qilmasligi ösişi natijasidagi ikkinçi turdagi diabetdan aziyat çekadi. Diabetga çalingan bemorlarning 80 foizi daromad darajasi past yoki örtaça bölgan mamlakatlarda yaşaydi. 2030 yilga borib diabet butun dunyodagi ölim holatlari sabablari orasida yettinçi öringa çiqadi.
Yaqinda siçqonlarda ötkazilgan tadqiqotlarning körsatişiça, ikkinçi turdagi diabet rivojlanişining asosiy sabablaridan biri - oşqozon osti bezining yoğga tölib qolişi va yalliğlanişning rivojlanişi, bu esa insulin işlab çiqaruvçi beta-hujayralar faoliyatini özgartiradi hamda ularning kamroq gormon işlab çiqarişiga sabab böladi.
Evansning ta'kidlaşiça, bunday kaşfiyotlar uning jamoasini D vitamini kabi yalliğlanişni bartaraf etuvçi moddalar oşqozon osti bezining aynan şu qismi yaşovçanligiga ta'sir körsatişi haqida öylaşga majbur qildi.
Bu savolga javob topiş uçun biologlar probirkada beta-hujayralarning kiçik koloniyasini östirişdi va genlarning qaysi zanjiri D vitamini molekulalari bilan aloqadan söng kirişganini kuzata boşlaşdi.
Uşbu kuzatuvlar D vitamini genlarning ikki BRD7 va BRD9 - yalliğlanişga reaksiya qiluvçi va hujayrani zarardan himoyalovçi zanjirlarini boşqarişini körsatdi. Genetiklarning izoh berişiça, DNKning bu uçastkalari hamda ular bilan boğliq oqsillar qarama-qarşi ravişda işlaydi – BRD9 D vitamini molekulalarini hisoblovçi retseptorlar faoliyatini bloklaydi, BRD7 esa ularning signallariga reaksiya qiladi va hujayrani tiklaş jarayonini işga tuşiradi.
Bu kaşfiyot olimlarni BRD9 faoliyatini bloklab, D vitaminiga tösiqlarsiz BRD7'ga ta'sir qiliş imkoni berilsa, nima röy berişi haqida boş qotirişga undadi. Şu ğoyaga asoslanib, biologlar oşqozon osti bezi hujayralar koloniyasiga D vitamini va bir neça yil ilgari kaşf qilingan iBRD9 moddasi aralaşmasi bilan işlov berişdi hamda ularning yalliğlanişga qanday reaksiya qilişini kuzatişdi.











