Rossiya Mudofaa vazirligi Maxsus nazorat xizmati boşliği polkovnik Igor Tokarevning ma'lum qilişiça, xorijda yadro sinovlarini yaşirişga yönaltirilgan işlanmalar takomillaştirilmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bergan.

«Texnik jihatdan bunday sinovlarni maxfiy tarzda ötkaziş oson, hamda bu yönaliş böyiça işlanmalar bor va takomillaştirilmoqda», - dedi Tokarev.

Uning sözlariga köra, yadro sinovlarini yaşiriş çoralari orasida yadro zaryadlari quvvatini pasaytiriş, zaryad qöyiş çuqurligini oşiriş va seysmik tölqinlar paydo böliş ehtimolini pasaytiruvçi geologik jinslar orasida sinovlar ötkaziş bor.

Şuningdek, Maxsus nazorat xizmati rahbarining ta'kidlaşiça, Rossiyada yadro sinovlarini kuzatib boriş böyiça yangi usullar rivojlanmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp nima yadroviy uruşga olib kelişini aytgandi.