AQŞ prezidenti Donald Tramp öz tarafdorlari oldida çiqiş qilib, KXDR yetakçisi Kim Çen In bilan «yaxşi munosabatlarda» ekanini ma'lum qildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

«Men Kim Çen In bilan butun dunyoda tinç kelajak va farovonlik bölişi uçun uçraşmoqdaman, bizning munosabatlar yaxşi darajada», - deya aytib ötdi u.

Uning qöşimça qilişiça, «feyk xabarlar» uning xatti-harakatlari yadro uruşiga olib kelişini iddao etmoqda.

«Sizlar yadro uruşiga nima olib kelişini bilasizlarmi? Kuçsizlik», - deya ma'lum qildi Tramp.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kim Çen In Tramp bilan uçraşuv yorqin kelajakni qurişga qöyilgan qadam bölişi haqida aytib ötgandi.