Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanidagi 42-sonli maktabning mehnat tögaragi öqituvçisi Diana Yenikeyevaning fojiali halokati yuzasidan maxsus tekşiruv ötkaziş böyiça topşiriq bergan edi.
Bunda mehnat faoliyati bilan boğliq holda yuz bergan baxtsiz hodisa yuzasidan ham Maxsus tekşiriş komissiyasi öz faoliyatini olib bordi. Komissiya xulosasiga binoan, Diananing vafoti işlab çiqarişdagi baxtsiz hodisa deb topildi va tegişli tartibda N-1 şaklidagi dalolatnoma tuzildi.
Agar ölim işlab çiqariş bilan boğliq deya e'tirof etilsa, unda mehnat qonunçiligiga köra, vafot etgan xodimning yaqinlariga bir qator tölovlar tölab berilişi kerak.
Olingan ma'lumotlarga köra, “Agrosuğurta” suğurta kompaniyasining Kattaqörğon tuman bölimi tomonidan marhum Diana Yenikeyevaning oilasiga bir marta tölanadigan 44 mln 697 ming 096 söm bir yöla nafaqa miqdori belgilangan. Bunda Diananing olti yillik örtaça iş haqi hisobga olingan.
Şuningdek, boquvçisini yöqotganlik tufayli Diananing farzandiga oyma-oy 206 ming 931 söm miqdorida nafaqa tölaş belgilandi. Uşbu nafaqa farzandi toki 16 yoşga tölgunga qadar, ya'ni 2018 yil mart oyidan 2032 yil 4 fevralga qadar tölab boriladi.
Bundan taşqari, 2019 yil 4 fevralga qadar, ya'ni Diananing farzandi uç yoşga tölgunga qadar jami 2 mln 211 ming 634 sömlik tölov ham tayinlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq xuddi şu mavzuga bağişlab e'lon qilingan “Diananing ölimi uçun maktab qança tovon tölaydi?” nomli maqolada maktab öqituvçisi haşar işlariga jalb qilingan vaziyatda vafot etsa, uning oilasiga zarar, ya'ni xalq tili bilan aytganda tovon puli tölaniş tartibi haqida ma'lumot berilgan edi.
Xuşnud Xudayberdiyev, huquqşunos.












