Facebook öz kriptovalyutasini işga tuşiriş niyatida. Bu haqda Cheddar portali kompaniyadagi vaziyatdan xabardor manbalarga asosan ma'lum qildi.

Kriptovalyuta ijtimoiy tarmoq doirasida elektron tölovlarni amalga oşiriş uçun möljallangan böladi. Manbalar sözlariga köra, Facebook’ning bu sohadagi işi yillar davomida çözilib ketişi mumkin hamda blokçeyn va kriptovalyutalar ustida işlovçi boşqa kompaniyalarni xarid qilişni talab qiladi.

Şu bilan birga, ta'kidlanişiça, Facebook’da, Telegram’dan farqli tarzda, ICO ötkaziş rejalari yöq, ya'ni kompaniya tokenlarning çeklangan miqdorini ommaviy sotuvga qöymaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞda Facebook’dagi «Rossiya işi» böyiça reklama e'lon qilinişi xabar berilgandi.