Amerikaning buyuk Prezidenti Jorj Vaşington şarafiga nomlangan şahar aholi soni böyiça AKŞda 27 örinda turadi. AQŞga parvoz vaqtida Vaşington ança salqin bölsa kerak, deb öylagan edik. Lekin bizni ilk hayratlantirgan narsa Vaşingtondagi oftob böldi. Quyoş tafti töppa-töğri manglayni qizdiriş darajasida urib turibdi. Havo issiq. Bamisoli özimizning çilla oftobiga uxşaydi. Oftobdan keyin birpasda yomğir quyadi, xuddiki şakarob suv sepgan kabi. Şuning uçun daraxtlar öt-ölanlar yam-yaşil. Köçalarda çang deyarli yöq.
AQŞning maşhur Nyu-York va Vaşington şaharlari bir biridan farq qiladi. Nyu-York okeanga yaqin, şuning uçun namlik yuqori, avtomobillar köp va tirband bölişiga qaramay, zerikmaysiz. Şuningdek, u osmonöpar imoratlar şahri ham. Va ançayin şovqin. Binolar ziç va şahar tirband. Vaşington esa birmunça şinam va sokin şahar. Lekin bu yerda ham hayot tarzi şiddatli. Şunday bölsa-da Nyu-Yorkka nisbatan özingizni biroz yengil sezasiz. Xavosi yengil, şabada esib turadi. Barça idora va dökonlar, umuman hamma binolar atrofida gullar ekilgan. Barça taşkilotlar, ayniqsa biznes sektordagilar “mijoz çaqiruvçi” dizaynerlarni işga oliş urfga kirgan. Albatta, Vaşingtondan kutganim osmonöpar binolar edi. Ammo, bu şaharda ular juda kam ekan. Vaşington atrofida asosan 2 va 3 qavatli imoratlarni uçratasiz. Ular yoğoç va plastik kabi yengil quriliş materiallaridan barpo qilingan.
Amerikada eng katta muammo – avtoturargoh (parkovkalar)ning yetişmasligi. Bu muammoga safarimizning ilk kunlaridayoq biz ham duç keldik. Katta köçada turgan edik, haydovçimizga 50 dollar jarima belgilandi. Politsiya xodimi xuddi kinolardagidek çek yozib berdi, biz uçun noodatiy holat heç kim qöl siltamadi va bahslaşmadi xam. Binolar atrofidagi parking xizmati 10 dollardan 25 dollargaça.

Amerika – orzular mamlakati....
Orzu - amerikaliklar uçun eng muhim tuşunça. Va bu oddiy hissiyot emas, balki mamlakatda qadriyatga aylangan . Ular biz kabi “Orzuga ayb yöq” deyişmaydi. Ular orzuga işonişadi. Amerikada maşhur aktyor yoki milliarder, hatto prezident böliş ham oddiy orzu. Faqat boşqa xalqlardan farqi- ular öz orzulari uçun kuraşadilar, şu ğoya uçun jonlarini fido qiladilar.
Amerika – emigrantlar mamlakati ham. Uning qudrati ham şunda. Xizmat körsatiş sohasida Efiopiya, Gana, Ukraina, Tunis va Afrika mamlakatlari fuqarolarini köp uçratasiz. Lekin hamma bir xilda - xuşmuomala va sertakalluf. Millati va e'tiqodidan qat'iy nazar hamma muomala borasida, guyoki bir xil qiyofali insonlarga öxşaydi. Bu yerda juda köp narsani tabassum va oçiqdan-oçiq xuşomad hal qiladi.














