Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan yangi hukumat tarkibidagi barça vazirlarni tayinladi.

12 may kuni prezident farmonlari bilan boş vaziri örinbosari etib Mger Grigoryan, mehnat va ijtimoiy masalalar vaziri etib Mane Tandilyan, moliya vaziri etib Atom Janjugazyan, adliya vaziri etib Artak Zeynalyan, soğliqni saqlaş vaziri etib Arsen Torosyan, qişloq xöjaligi vaziri etib Artur Xaçatryan, iqtisodiy rivojlaniş va investitsiyalar vaziri etib Artsvik Minasyan, sport va yoşlar masalalari böyiça vazir etib Levon Vagradyan, favqulodda vaziyatlar vaziri etib Graçya Rostomyan tayinlandi.

Şuningdek, Artur Grigoryan enegretik infratuzilmalar va tabiiy resurlar vaziri, Lilit Makunts madaniyat vaziri, Erik Grigoryan tabiatni muhofaza qiliş vaziri, Aşot Akopyan transport, aloqa va axborot texnologiyalari vaziri etib tayinlandi. 

Mamlakat taşqi işlar vaziri lavozimini Armanistonning BMTdagi sobiq doimiy vakili Zograb Mnatsakanyan egallagan.