Eron inqilob sudi IŞID a'zolari bölgan 2017 yil yozida Tehronda terroristik hujum uyuştirgan 6 nafar jangarini ölimga mahkum qildi. Bu haqda IRNA agentligi xabar tarqatmoqda.

Agentlik xabarida qayd etilişiça, qonun böyiça ayblanuvçilar 20 kun davomida apellyatsiya berişlari mumkin.

2017 yilning 7 iyunida ayollar kiyimidagi 4 kişi Eron parlamentiga qurolli hujum uyuştirgandi. Ulardan biri parlament binosi içida özini portlatib yuborgan, maxsus xizmat vakillari jangarilardan birini yöq qilgandi. Şu vaqtda Xomanaiy mavzoleyi joylaşgan hududda ham hujum amalga oşirilgandi: hujum qilganlardan biri portlaş sodir etgan, bu yerda ikki jangari qölga olingandi. Teraktlar oqibatida jami 20 kişi halok bölgan, önlab kişilar jarohatlangandi.