Hindistonda yölovçilarni olib ketayotgan avtofurgonning avtosisterna bilan katta tezlikda töqnaşişi oqibatida 14 kişi halok böldi, 20 dan köproq kişi jarohat oldi. Bu haqda The New Indian Express naşri ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, voqea 12 may kuni Muxed şahrida yuz bergan. Avtofurgondagi odamlar mahalliy qişloqlardan biriga töyga ketayotgan bölganlar. Jarohatlanganlar yaqin oradagi şifoxonalarga yetkazilganlar. Ulardan ba'zilarining ahvoli oğir deya baholangan.
Politsiya yöl transport hodisasi tafsilotlarini tergov qilişni boşlagan.












