Indoneziyaning ikkinçi yirik şahri bölmiş Surabayadagi xristianlik çerkovida 3 marta portlaş sodir etildi. Associated Press xabariga köra, terakt oqibatida kamida 8 kişi halok bölgan va 40dan ortiq kişi jarohatlangan.
Şarqiy Yava viloyati politsiya boşqarmasi rahbari Frans Barunganing ma'lumot berişiça, portlovçi qurilmalar avtomobillar va mototsikllarda kelgan xudkuşlar tomonidan harakatga keltirilgan.
Aksilterror bölinma vakilining jurnalistlarga ma'lum qilişiça, uşbu hujum ortida mahalliy terroristik guruhlar turibdi va bu hujum biroz avvalroq Jakartadagi qamoqxonada röy bergan tartibsizliklar bilan ham boğliq bölişi mumkin. Asosan terrorçilik harakatlari uçun qamalgan mahbuslar saqlanadigan qamoqxonada ötgan haftada qöriqçilar bilan töqnaşuvlar sodir etilişi oqibatida, 8 nafar politsiyaçi halok bölgandi.












