12 may kuni Iroq vakillar kengaşiga (parlament) saylovlar jiddiy voqealarsiz yakunlandi. As Sumaria telekanalining ma'lum qilişiça, ovoz beriş punktlari mahalliy vaqt bilan soat 18:00da yopilgan.   

Ovoz beriş davomida bir qator viloyatlar, jumladan Bağdodda yangi elektron ovoz beriş tizimida bir neçta nosozliklar yuz bergani qayd qilingan, biroq ular saylovlar borişiga jiddiy ta'sir körsatmagan. Umumiy hisobda Iroqning 18 ta viloyatidagi 56 mingta ovoz beriş uçastkasi ovozlarni elektron hisoblovçi 70 mingta qurilma bilan jihozlangan. 

Ma'lum qilinişiça, dastlabki natijalar 24 soat içida ma'lum qilinadi. Yakuniy natijalar esa barça şikoyat va e'tirozlar körib çiqilgaçgina e'lon qilinadi. Saylovlar borişini 900 dan köproq xorijiy va 7 ming mahalliy kuzatuvçi, yuzlab iroqlik va xorijiy jurnalistlar, 20 ta xalqaro taşkilot vakillari kuzatib borişgan.  

Uşbu saylovlar 2017 yilda mamlakatda IŞID ustidan ğalaba qozonilgani e'lon qilinganidan keyingi ilk saylovlar böldi. Saylovlar oldidan xavfsizlik maqsadida quruqlikdagi çegaralar, aeroportlar yopib qöyilgan, butun mamlakat böylab transport qatnovi çeklangan. Biroq hamma saylov uçastkalari oçilgaç, bu çoralar bekor qilingan.

Saylovlar vaqtida 1 mln ga yaqin politsiyaçi va harbiylar safarbar qilingan. Bir qator OAV xavfsizlik kuçlari tomonidan saylov uçastkalarida jangarilar tomonidan uyuştirilmoqçi bölgan teraktlar oldi olinganini ma'lum qilgan. 

Parlamentdagi 328 ta öringa 7 mingdan köproq nomzod da'vogarlik qilmoqda, ulardan 2011 nafarini ayollar taşkil qiladi.