Jahon | 08:40 / 13.05.2018
5568
2 daqiqa o‘qiladi

Italyan telekanali yanglish tarzda 2 yil avvalgi terakt haqida xabar qildi

Foto: AP /Christian Alminana

Italiyaning Sky Sport 1 telekanali futbol uchrashuvi vaqtida yanglish tarzda 2016 yil iyulda Nitstsada yuz bergan terakt haqida xabar qildi. 

“Inter” va “Sassuolo” o‘rtasidagi uchrashuvning namoyishi vaqtida ekranlarda paydo bo‘lgan yangiliklar qatorida Nitstsada yuk mashinasining odamlarni bosib ketishi oqibatida 80 dan ko‘proq odam halok bo‘lgani haqidagi xabar paydo bo‘lgan. Xabar matnida mavzu keyinroq yana yangilanishi aytilgan.

Sharhlovchilar bu xatoni darhol payqashgan va bu haqda ma'lum qilishgan. Keyinroq yangiliklar qatorida ushbu xatolik uchun bir necha bor uzr so‘ralgan. 

Sky Sport voqeani texnik nosozlik deb tushuntirgan va tvitterda tomoshabinlarga uzrini keltirgan. 

2016 yil 14 iyulda Fransiyada Bastiliyaning olinishi kuni nishonlanishi vaqtida yuk mashinasidagi terrorchi Ingliz sohilbo‘yida mushakbozlikni tomosha qilgani yig‘ilgan odamlarni bosib ketgan. Terakt oqibatida 86 kishi, jumladan 37 nafar xorijlik halok bo‘lgan, 430 dan ko‘proq odam jarohatlangan.

 

Mavzuga oid