Ukrainalik boksçi, WBO versiyasi böyiça örta yengil vaznda jahon çempioni (11 ta jang, 10 ta ğalaba şundan 8 tasi nokaut bilan, 1 ta mağlubiyat) Vasiliy Lomaçenko Jahon boks uyuşmasi — WBA kamarini ham qölga kiritdi.
Nyu-Yorkda keçgan 12-raundlik jangning 10-raundida u venesuelalik raqibi Xorxe Linaresni nokautga uçratib örta yengil vaznda (-61,2 kg) WBA çempioni böldi.
30 yoşli Lomaçenko professional boksda uçinçi vazn toifasi böyiça jahon çempionligini qölga kiritiş uçun nisbatan eng kam jang ötkazib (12) jahon rekordini örnatdi.













