«Ser Aleks dastlab meni endigina qadam bosayatgan gödakka öxşatgan, keyinroq esa, bolakay yurişni boşladi, dedi»
Foto: Dailymail
Ispaniya terma jamoasi bazasidagi kompyuter ekranida Davidning «MYu» tarkibidagi debyut uçraşuvidagi lavhalar ketmoqda. Öşanda «Mançester» «Hotorns»da 2:1 hisobida ğalaba qozongan, 20 yoşli darvozabon uçun esa öziga, xos yangi hissiyotlar boşlanayotgandi.
«Vest Bromviç» hujumçisi Şeyn Longning unçalik ham xavfli bölmagan zarbasi uning qöllari orasidan darvozaga kirib ketgandi. Premer-Ligada endigina yarim soat öynagan darvozabonga raqib muxlislari «teşik devor» deb laqab qöyişdi, «Sporttsmeyl» kolumnisti Jyeymi Rednapp esa, David hali «öz formasiga yaraşa ösib ulgurmagan» deb yozdi. Juda aniq baho.
Albatta, undan ham battar sarlavhalar ham bölgan, David öşa kunlarni juda oğir bölganini tan oladi. «Vest Bromviç» futbolçilari nozikkina ispan yigiti darvozada u qadar işonçli emasligini tezgina payqadilar va yuqorilatib jarima maydoniga töp uzata boşladilar. «Men öşa töplarga teginiş uçun ham hatto, jismoniy tomondan kuçim yetmadi. Baquvvat raqib futbolçilariga yaqinlaşa olmasdim, ular osonlik bilan meni çetga surib taşlardilar. Men özgarişim kerakligini bildim, ammo buning uçun vaqt va tajriba lozim bölardi» - deb eslaydi De Xea.
«Bu oson emasdi. Yangi mamlakat, yangi jamoa, begona til. Men juda yoş edim. Bu yoşda köp tengqurlarim endigina universitetga qabul qilinişardi, men esa, şunday odamlar içiga tuşib qolgandimki, ular nafaqat mavsumda yoki biror öyinda ğalaba qozoniş, balki maşğulotlardagi har bir kuraşda ğalaba qozonişni öylardilar.
Rio Ferdinand, Vidiç, Evra - bizda juda tajribali va maşhur himoyaçilar bor edi. Esimda, Rio va Paddi menga «sen hali juda yoşsan, töğri, lekin bu yer «Mançester Yunayted» va bu yerga eng yaxşilarni qabul qilamiz» degandilar.
Ser Aleks Fergyuson timsolida De Xea haqiqiy suyançga ega böldi. 2011 yilda jamoani tark etayotgan Van Der Sarga örinbosar sifatida körilgan yoş darvozabonni kuzatiş uçun u avvaliga darvozabonlar murabbiyi Erik Stilni jönatdi. Stil darvozabonning 20dan ortiq öyinini kuzatgaç, Fergyusonning özi şaxsan Ispaniyaga bordi.
Mavzuga oid
Aytişlariça, öşa kungaça Fergyuson faqat ikki marta «Mançester Yunayted»ning öyinini ötkazib yuborgan ekan. Birinçisi, 2000 yilda öğlining töyi tufayli Mançester derbisida qatnaşmagan, undan oldingisi esa, 1998 yilda oiladagi yöqotiş tufayli «Midlsbro»ga qarşi safar öyiniga bormagan. U uçinçi marta, 2010 yilda «MYu» ning Liga kubogidagi «Skantrop»ga qarşi öyinini taşlab, «Valensiya» - «Atletiko» bahsini stadiondan kuzatdi.
«Meni sotib olayotganda, Fergyuson katta risk qilgandi» - deydi David De Xea, - «ammo u menga birinçi raqamli libosni topşirayotganda öziga işonayotgandi. U hammasini oçiq aytgan, men yetarliça adaptatsiyaga muhtoj ekanim, bu yöl juda uzoq va qiyin bölişi haqida ogohlantirgandi. Esimda, bu haqida ilk bor gazetada öqiganimda, işonmagandim. Ular 40 yoşli, tajribali Van Der Sarga örinbosar qidirişar va asosiy nomzod men edim. Ular bu oson bölmasligini oldindan tuşunib turişgandi».
Haqiqatan ham qiyin böldi. Transferdan keyin ilk rasmiy öyinda, «Mançester Siti»ga qarşi keçgan Superkubok öyinida yetarliça xatolar böldi. Keyin esa, De Xea nomi juda kulgili, bir tomondan şarmandali voqeada tilga olindi. Sun gazetasi qöyidagi xabarni sarlavhaga çiqardi: «Mançester Yunayted» darvozaboni dökonçada 1.19 funt turadigan teşikkulçani öğirlamoqçi böldi».
Hali sentabr boşlanmasdan, hatto Massimo Taibi, Mançesterda öta muvaffaqiyatsiz öynab, tarkibdan çetda qolgan darvozabon, De Xeaning öziga öxşatib intervyular berdi.
Şunday bölsa-da, hozirda ispaniyalik darvozabon sönggi beş yilning törttasida mavsumning eng yaxşi futbolçisi deb (bu rekord) e'tirof etildi, Angliyadagi olti yilda beş marta APLning ramziy terma jamoasidan joy oldi, uşbu mavsumda yilning eng yaxşi futbolçisi nominatsiyasida nomzodlar qatoridan qayd etildi. De Xea uşbu mavsumning 18 öyinida darvozasini quruq saqlab, «Oltin qölqop» sovriniga ega çiqdi. Şu hafta esa, u Angliya kubogi finalida navbatdagi sovrin uçun maydonga çiqadi.
Jamoadoşlari uni deyarli osmonlarga kötarişadi. «Davidda öziga xos nimadir bor. U iqtidor bilan tuğilgan. Maşğulotlarda töpni darvozaga tepib, yuz foizlik işonç bilan içimda «gol, gol, gol» deb xayoldan ötkazaman, lekin qayerdandir muşuk kabi Davidning panjalari paydo böladi va töp endi boşqa tomonga uçib keçadi. Uni olqişlaşdan boşqa iloj qolmaydi» - deb kuladi Ander Errera.
«Ba'zida öyinlarda u şunaqa seyvlar qiladiki, ta'riflaşga til ojiz. Ba'zi seyvlarini televizorda ön martalab takroran körsatişadi, tvitter jinni böladi, tribunadagi muxlislar ham. U esa heç narsa bölmagandek örnidan turib, öz işini qilişda davom etadi. Köpinça, öyin oldidan meni hayajon bosadi, asabiylaşib qaltiray boşlayman. U esa oldimga kelib, qölini yelkamga qöyadi - «Ander, özingni bos, xavotir olma, hammasi yaxşi böladi. Ular har qança darvozamizga tepişlari mumkin, lekin gol bölmaydi, axir men turibmanku?». Hammasi şunaqa oddiy».
2016 yilda Angliya kubogi yarim finalida u Romelu Lukakuning penaltisini qaytardi. Öyindan keyin esa, uning kayfiyati juda sokin edi: «Ha, qaytardim, qöy endi, ertaga qayerga boramiz?».
Xuddiki, oddiy talaba navbatdagi imtihonni topşirib, keyingisini boşlayotgandek. Uning katta darvozabon ekani ham şundan bilinadi"
Xöş, David dunyoning eng zör darvozabonimi?
«Men yaxşi öyin ötkazyapman, ammo bu kam. Bunday maqomga erişiş uçun bir neça yil şu darajani uşlab qolişim va sovrinlar yutişim kerak. Ana öşanda futbolçi özini jahon miqyosida qiyoslaşi mumkin», - deydi Ispaniya terma jamoasi darvozaboni.
De Xea Madrid yonidagi kiçik şaharçada voyaga yetgan. Faoliyati ham mahalliy jamoaning hujumçisi sifatida boşlandi. Uning jismoniy tarbiya öqituvçisi Manued Infante baland böyli, mallasoç öquvçisi haqida xotirlaydi:
«Men bolalarga kelajakdagi rejalari haqida yozişlarini söraganimda, David «Men Peter Şmayxel kabi bölişni istayman» deb yozib bergandi».
Bu ikki darvozabonning öyin uslubi biroz farq qiladi. Yirik gavdali Şmayxel uzun va oyoqlari bilan harakatlanişni yaxşi köradigan De Xeaning yonida köproq darvozabonga «öxşaydi». Ammo Erik Stilning aytişiça, De Xeaning qölqop razmeri (10-11) Şmayxelnikidan (9) kattaroq ekan. Işoniş qiyin-a?
Oyoqda töpni qaytariş haqida gap borganda, De Xeaning yuzida tabassum yuguradi.
«Agar töp trayektoriyasi menga oyoq bilan qaytarişga qulay bölsa, şunday qilaman. Ba'zi murabbiylar hatto menga oyoq bilan öynaşni taqiqlamoqçi ham bölişgan, lekin uddasidan çiqa olişmadi. Bu mening fişkam va voz keçmayman».
«Old Trafford» yoqimtoyiga aylaniş De Xea uçun oson bölmagan. Birinçi mavsumda jamoa juda köp gol ötkazib yubordi va hatto köpgina mutaxassislar Fergyusondan boşqa darvozabonni sinab körişni söray boşladi. Öşa mudhiş Mançester derbisida (1:6) darvozani De Xea qöriqlagan va bunday tempga tayyor emasligi körinib turardi.
De Xeaning közida muammolar bor va u maydonda kontakt linzalari taqişga majbur. Ilk yillarda ba'zi maşğulotlarda u linza taqişni unutib qöyar va köp xato qilardi. Fergyuson ba'zi yoş futbolçilarga farqli yondaşişi va köpgina xatolarga köz yumişi holatlari bor. U Ueyn Runi yoki Kriştianu Ronalduning iste'dodiga qattiq işongan va ularga boşqalardan özgaça qaragan. Fergyuson uçun David xuddi şunday şogirdmi, murabbiy sabr körsata oladimi, buni oldindan biliş qiyin edi.
De Xea Angliyadagi ikki muhim voqeani faoliyatidagi buriliş nuqta sifatida eslaydi. «Çelsi»ga safar oldidan köpçilik xatolari köpayib ketgan De Xeaning muhim öyinda tuşmasligini va murabbiy bu öyinda yoş Ben Amosga işonişini taxmin qilgandi. Lekin De Xea yana asosiy tarkibda maydonga tuşdi. Öşa öyinda hisob 3:3 hisobida yakunlangan bölsa-da, sönggi daqiqalardagi bir seyv De Xeaning obrösini oşirib yuborgandi.
Xuan Mataning jarima nuqtasidan ijro etgan öta qiyin zarbasi darvozaning yuqori burçagiga borayotganda De Xea töpni maydon taşqarisiga çiqarib yuboradi.
«Öşa seyvdan keyin özimga bölgan işonç orta boşladi va keyingi öyinlarda faqat ijobiy tomonga özgara boşladim. Xuan ham öşa zarbani hozirgaça eslab yuradi».
Ikkinçi voqea keyingi mavsumda röy beradi. «Tottenhem»ga qarşi öyindan söng bosim ostida qoldim. Gari Nevill televizorda tanqid qildi va öyinda qöpol xatoga yöl qöyganimni aytdi. Rostdan ham, juda köp yaxşi seyvlar qilgan bölsamda, öşa vaziyatda xato qilgandim. Qor yoğib turganda, yuqorilatib oşirilgan töpga çiqa olmagandim».
Şundan bir neça hafta ötib «Real»ga qarşi Madridda maydonga tuşişimiz kerak edi. Fergyuson meni özi bilan «Bernabeu»dagi matbuot anjumaniga olib bordi. U öşa yerda ötirgan jurnalistlarga ham inglizçada, ham ispan tilida menda öziga xos katta iste'dod borligini aytdi».
Foto: talkSPORT
Uning sözlari ham esimda. U meni ilk qadamlarini bosayotgan gödakka qiyosladi. U ba'zida yiqilib tuşadi, keyin yana örnidan turadi, şu tariqa yurişni örganadi. Şu gaplarni aytib turib, oxirida «endi bola işonç bilan qadam taşlayapti» dedi va bu bilan menga töliq işonişini namoyiş qildi. Yoniga meni, 21 yoşli darvozabonni ötkazib olib, dunyoning eng yaxşi murabbiyi, Çempionlar Ligasi öyini oldidan menga işonişini butun dunyoga e'lon qilgandi.
Özimga bölgan işonçim ortdi. U menga nisbatan juda sabrli bölganini bilaman. U heç qaçon baqirmadi, qöpollik qilmadi. Menga nima kerakligini u his qilgan va işongandi».
Yaxşi hikoya. Fergyusonning işonçini qozongan David ertasiga faoliyatidagi eng yorqin öyinlaridan birini ötkazdi. U oyoqlari bilan aql bovar qilmas seyvni amalga oşirdi va jamoasi «Real» maydonidan 1:1 hisobidagi durang bilan qaytişiga zamin yaratdi.
Fergyuson ketgaç, jamoadagi ahvol beqarorlaşib ketdi. Ayniqsa, 2015 yilning yozida ehtiroslar junbişga keldi, De Xea esa, bir oyoği bilan Madridda edi. Yoz böyi davom etgan transfer sagasi avgustning sönggi kunida kutilmagan natija bilan yakunlandi.
Lui van Gaal De Xea Mançesterda endi öynaşni istamayapti, deb xulosa qildi dastlabki öyinlarda zaxirada qoldirdi. Uni hatto ikkinçi tarkib bilan şuğullanişga majbur qilişdi. Öşa paytlarda u maydonga tuşişni istamagani haqidagi turli farazlarni De Xea inkor qiladi. Avgustning oxiridagi öşa fakt voqeasidan söng, darvozabon Mançesterda qolgaç, yana asosiy tarkibga qaytarildi.
«Öşa voqealardan keyin mening ilk öyinim «Old Trafford»da «Liverpul»ga qarşi bölgandi. Lui van Gaal bu öyinda öynaşim kerakligini aytdi, lekin men özimga işonmayotgandim. Stadion meni qanday qarşi olişini bilmasdim.
Öşa öyin oldidan juda qiynaldim, asabiylaşdim. Muxlislar doim meni qöllab-quvvatlab kelişgan, ammo öşa kuni işonç yöq edi. Axir men Madridga ketmoqçi bölgan, ba'zilarning öylaşiça, ilk turlarda «MYu» libosida tuşişdan boş tortgandim. Ammo öşa kuni köp savollarga javob oldim. Ular ajoyib edilar. Butun stadion mening ismimni qöşiq qilib aytayotgandi. Men uçun bu juda muhim edi».
De Xea van Gaalni «pesado» deb ta'riflaydi. Bu ispança sözning turli ma'nolari bor, bu yerga köproq «zerikarli» degan ma'no tuşadi.
Foto: talkSPORT
Körinişidan, Joze Mourinoning taşrifidan söng, De Xea köproq xursanddek tuyuladi. Portugaliyalik murabbiyning «MYu» boşqaruviga tayinlangandan keyingi ilk işi Yevro-2016 paytida De Xea bilan uçraşiş bölgandi. Aynan De Xeaning tavsiyasi bilan Mourino klubga darvozabonni «Atletiko»dagi davrida şuğullantirgan Emilio Alavesni olib keldi. Uşbu mutaxassis De Xeaning öyinini kuçaytiriş uçun qöllagan uslublari orasida yaqin masofadan közi boğliq holda töplarni qaytariş ham bölgan ekan.
Mourinoning bu e'tiboriga yaraşa De Xea ayniqsa şu yili özining eng yaxşi mavsumini ötkazmoqda. U juda köp körsatkiçlar böyiça, APLda yetakçilik qildi, statistikaga köra, u «MYu»ni 14 bor muqarrar goldan saqlab qoldi - bu ham ligada tengsiz körsatkiç. De Xeaning bu seyvlarisiz «MYu» bugungi 2-örindan ança uzoq bölişini hamma bilib turibdi.
Davidning otasi Xose, «Xetafe»ning sobiq darvozaboni, De Xeaning asosiy tanqidçilaridan biridir.
Foto: Dailymail
«Yoşligimda u juda qattiqqöl edi. Hozir biroz yumşoqroq, balki rostan ham yaxşi öynayotganimgadir, lekin baribir köp tanqid eşitaman. U har bir mayda detalgaça e'tibor qaratadi va aytadi. U meni ilk qadamlarimdan buyon şuğullantirgan, uning munosabati men uçun muhim», - deydi De Xea.
Davidning Madridga qaytişi haqidagi xabarlar har transfer oynasida yangilanadi va heç qaçon tinmaydigandek. Lekin «Mançester Yunayted» darvozabonini saqlab qolişga umid qilmoqda. «Nol foiz» - Joze Mourino Davidning jamoani tark etişi mumkinligi haqidagi savolga mana şunday javob qaytaradi.
«Van Gaal davrida biroz ğalati edi. Törtinçi örin - biz uçun yetarli emas. Men ğalaba qozonişni istayman. «Yunayted»ga çempionlik mentalitetidagi murabbiy kerak. Avval Fergyuson bor edi, endi Mourino. U har bir öyinda ğalabani öylaydi».
Foto: Marca
Yevropa çempionati paytida u bilan gaplaşganimda, mening qolişimni va birgalikda sovrinlar yutişimizdan umid qilişini aytdi. Fergidan keyin tahlil qiliş ham qiyin bölgan juda qiyin davrlarni boşdan keçirdik. Ammo endi biz katta narsalarni xohlaymiz. Sovrinlar yutmoqçimiz. «Yunayted»ni yana eng yaxşi qiliş, Çempionlar Ligasiga qaytariş, Angliya turnir jadvalida peşqadamga aylantiriş...»
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi