Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXMda haydovchilik guvohnomalarini almashtirish imkoniyati yaratildi
2018 yilning 14 may kunidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Davlat xizmatlari markazlarida ham haydovchilik guvohnomalarini almashtirish amalga oshiriladi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar bergan.
Quyidagi manzillarda joylashgan Davlat xizmatlari markazlarida haydovchilik guvohnomalarini almashtirish amalga oshiriladi:
Yunusobod tumani davlat xizmatlari markazi. Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi 4-«A» uy. Telefon: 235-52-52. Metroning «Minor» bekati. Avtobuslar: 2, 38, 95.
Uchtepa tumani davlat xizmatlari markazi. Uchtepa tumani, Farhod ko‘chasi, 21-uy. Telefon: 217-47-82. Avtobuslar: 13, 87, 125.
Mirobod tumani Davlat xizmatlari markazi. Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 31-uy. Telefon: 233-13-47. Avtobuslar: 14, 22, 58
Xizmat ko‘rsatish vaqti - dushanbadan juma kuniga qadar soat 09:00 dan 18:00 gacha.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev yangi haydovchilik guvohnomasini berish tizimini yuqori baholagandi.
Mavzuga oid
14:26 / 20.09.2025
XDP moped va skuterlar uchun guvohnomalarni kechiktirishga chaqirdi
10:20 / 26.08.2025
Dori ishlab chiqarish bo‘yicha guvohnomalar amal qilish muddati 5 yil etib belgilanadi
11:15 / 19.04.2025
Xorijiy fuqarolarga to‘lov evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi soddalashtirilgan tartibda beriladi
11:12 / 15.01.2025