Har ikki oyoğidan ayrilgan xitoylik 70 yoşli alpinist Sya Boyuy Nepal tomonidan dunyodagi eng baland toğ – Everest çöqqisiga çiqqan, oyoqlari amputatsiya qilingan birinçi odamga aylandi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi Nepalning Madaniyat, turizm va fuqaro aviatsiyasi vazirligiga asoslanib xabar bermoqda.

«Har ikki oyoği amputatsiya qilingan xitoylik alpinist bugun mahalliy vaqt bilan soat 0:40da çöqqiga kötarildi. U çöqqiga janubiy tomondan çiqqan ikkita oyoği ham amputatsiya qilingan birinçi odamga aylandi», - deya xabar berişgan agentlikka bazaviy lagerdan.

Hozirgi vaqtga qadar Everestni zabt etgan har ikki oyoği ham amputatsiya qilingan yagona inson yangi zelandiyalik Mark Inglis edi. Biroq, u çöqqiga Tibet tomonidan kötarilgan. U buni 2006 yilda amalga oşirgan.

Xitoylik alpinist mamlakat oliy sudi har ikki oyoği yoki qöli amputatsiya qilingan, şuningdek, közi zaif insonlarga 6,5 ming metrdan baland bölgan istalgan toqqa çiqişga ruxsat bergaç, Nepal rasmiylaridan ekspeditsiyaga ruxsatnoma oldi, deb yozadi agentlik. 

Sya Boyuyning jurnalistlarga aytişiça, bu dunyodagi eng baland çöqqini zabt etiş böyiça beşinçi urinişidir.