Şu yilning 1 iyunidan boşlab Andijon şahridagi 7ta şohköçada transportni kuzatuvçi kameralar işga tuşadi. Bu haqda KUN.UZ naşriga Andijon viloyat içki işlar boşqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 29 avgustdagi qarori bilan «Xavfsiz şahar» majmuasi bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişi közda tutilgandi.

Mazkur dastur böyiça joriy yilning 1 iyunidan boşlab Andijon şahridagi 7ta - Maşrab-Lermontov, Bobur-Amir Temur şohköçalari, Navoiy şohköçasi-Milliy tiklaniş, Özbekiston-Fitrat, Özbekiston-Bobur şohköçasi, Bobur şohköçasi-Yu.Otabekov, Çölpon şohköçasi Mustaqillik köçalari kesişgan çorrahalarida yöl transporti hodisalarining oldini oliş, yöllarda harakat xavfsizligini ta'minlaş hamda transport vositalari tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklarni qayd etiş maqsadida jami 82ta kuzatuv kameralari işga tuşiriladi.

Mazkur kuzatuv kameralari joriy yilning 1 may kunidan boşlab sinov tariqasida işlamoqda. Qoidabuzarliklarni qayd etuvçi kuzatuv kameralari işga tuşgandan söng sodir etilgan qoidabuzarliklar uçun belgilangan jarimalar 60 kun mobaynida transport vositalarining egalari tomonidan tölanişi belgilangan. Barça jarima tölovlari jarima soliş töğrisidagi qarorning yuqori qismida körsatilgan tartib raqami asosida amalga oşiriladi.

Tölovlarni Payme, Slik, MBANK elektron tölov xizmatlari xamda barça banklar orqali tölaş mumkin. Belgilangan muddatda tölanmagan jarimalarga nisbatan undiruv MIB tomonidan transport vositasi egasining mol-mulkiga qaratiladi.
Öz vaqtida tölanmagan jarima transport vositasi egalarining qöşimça miqdorda jarima tölaşlariga sabab böladi.
















