Fox telekanali «Maxfiy materiallar» fantastik serialini 11ta mavsumdan söng yopmoqda. Bu haqda Entertainment Weekly xabar berdi.

Kanal özining 2018-19 yillarga möljallangan rejalarini e'lon qildi, hamda u yerda «Maxfiy materiallar» yöq.

Fox Television boşqaruvçisi va raisi Geri Nyumanning aniqlik kiritişiça, hozirgi paytda teleşouning ön ikkinçi epizodini suratga oliş böyiça rejalar yöq.

FQB maxsus agentlari Foks Malder va Dana Skalli hamda ularning paranormal hodisalar bilan töqnaşuvlari haqidagi serialning ön birinçi mavsumi telekanalda şu yili efirga uzatildi, biroq yangi «Maxfiy materiallar»ning reytinglari juda past böldi. Keyinçalik serialda birinçi mavsumdan beri Devid Duxovni bilan birga rol ijro etib kelgan Jillian Anderson loyihada boşqa suratga tuşmasligi haqida ma'lum qildi.