Jamiyat | 18:23 / 15.05.2018
7410
1 daqiqa o‘qiladi

Fuqaroni «Captiva» olib berishni va'da qilib, 27 ming dollarga «uxlatishdi» 

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida jinoyat sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 14 may kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2015 yil oktabr oyi o‘rtalarida noma'lum shaxs Surxondaryo viloyati Denov tumanida  yashovchi B.K.ni aldab ishonchiga kirib, unga “Captiva” rusumli avtomashinasini 27.000 AQSh dollariga sotishini aytib, undan pulni olib, avtomashinani bermasdan pullarni qaytarib bermaganligi ma'lum bo‘lgan. 

Ushbu jinoyatni sodir etgan noma'lum shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid